77
Afsuski, ushbu qurilmalar oliy o‘quv yurtlarida bo‘lmaganligi sababli talabalarni
va magistrlarni kelajakda yaxshi mutaxassis bo‘lib chiqishligi uchun ularni yuqorida
keltirilgan reja asosida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazib tushuntirishimiz kerak. Bularni esa
kompyuter orqali amalga oshirish mumkin. Shuning uchun, amaliy mashg‘ulot rejasi
quyidagicha bo‘ladi:
1. Kompyuterda uzatuvchi, qabul qiluvchi va g‘arazli ob’ektning strukturasini
yaratish lozim.
2. Har xil hujumlar modelini yaratib, xarakatga keltirish kerak.
3. Internet tizimidan LEX.UZ saytiga kirib O‘zbekiston Respublikasida
tasdiqlangan qonunlar, qarorlar, farmon va farmoyishlarni ko‘chirib olish va ularni
tushunish zarur.
4. Kriptografik himoyalanish vositalaridan o‘rin almashtirish usullaridan
shifrlovchi jadval algoritmini tuzdirish va dasturini yaratish lozim.
5. Kriptografik himoyalanish vositalaridan o‘rin almashtirish usullaridan sehrli
kvadrat algoritmini tuzdirish va dasturini yaratish lozim.
6. Sezar va Affin tizimdagi Sezar usuli asosida algoritm yaratish va dastur tuzish
kerak.
7. Kompyuterlarga, fayllarga, papkalarga va fleshkalarga parol o‘rnatishni bajarish
kerak.
8. Antivirus dasturlarini kompyuterga o‘rnatish usullarini amalda bajarish lozim.
9. Kompyuter xonasidagi kompyuterlar lokal tarmoqqa ulanganligi sababli sun’iy
xujumlar yaratib, “Setevoe okrujenie” orqali boshqa kompyuterlarda himoyalanish
usullaridan foydalanish yo‘llarini modelini tuzish kerak.
10. Barcha yaratilgan va ishlab chiqilgan axborot havfsizligi algoritmlari xarakatga
keltirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: