O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Toshkent Islom Universiteti


Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/74
tarix31.12.2021
ölçüsü1,25 Mb.
#112428
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Axborot xavfsizligi fan kitob

Simmetriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud: 
1)  Axborot  almashuvida  ishtirok  etuvchilar  qanday  yo‘l  bilan  maxfiy  kalitni  bir-birlariga 
uzatishlari mumkin? 
2) Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi? 
Ushbu muammolarning yechimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topdi. 
Ochiq  kalitli  asimmetriyali  tizimda  ikkita  kalit  qo‘llaniladi.  Biridan  ikkinchisini 
xisoblash  usullari  bilan  aniqlab  bo‘lmaydi.  Birinchi  kalit  axborot  jo‘natuvchi  tomonidan 
shifrlashda  ishlatilsa,  ikkinchisi  axborotni  qabul  qiluvchi  tomonidan  axborotni  tiklashda 
qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim. Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta’minlash 
mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo‘lsa, u holda uni elektron imzo sifatida qo‘llash mumkin 
va  bu  usul  bilan  axborotni  autentifikatsiyalash,  ya’ni  axborotning  yaxlitligini  ta’minlash 
imkoni paydo bo‘ladi.  
Axborotni autentifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yechish mumkin: 
•  foydalanuvchini  autentifikatsiyalash,  ya’ni  kompyuter  tizimi  zaxiralariga  kirmoqchi 
bo‘lgan foydalanuvchini aniqlash: 
• tarmoq abonentlari aloqasini o‘rnatish jarayonida ularni o‘zaro autentifikatsiyalash. 
Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bu elektron to‘lov tizimlari 
va Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron savdolardir. 
Kriptografiya - ma’lumotlarni o‘zgartirish usullarining to‘plami bo‘lib, ma’lumotlarni 
himoyalash  bo‘yicha  quyidagi  ikkita  asosiy  muammolarni  hal  qilishga  yo‘naltirilgan: 
maxfiylik;  yaxlitlilik.  Maxfiylik  orqali  yovuz  niyatli  shaxslardan  axborotni  yashirish 
tushunilsa,  yaxlitlilik  esa  yovuz  niyatli  shaxslar  tomonidan  axborotni  o‘zgartira  olmaslik 
haqida  dalolat  beradi.  Bu  yerda  kalit  qandaydir  ximoyalangan  kanal  orqali  junatiladi. 
Umuman olganda, ushbu mexanizm simmetriyali bir kalitlik tizimiga taallukdidir. 
 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin