50
orqali; tizim jurnalining keskin to‘ldirib yuborilishi orkali; brouzer — dasturlarini ishlamay
qolishiga olib keluvchi fayllarni nusxalash orqali ishdan chiqariladi;
• ma’lumotlarni uzatish kanallari -biror-bir port orqali axborot olish maqsadida yashirin
kanalni tashkil etuvchi dasturlar yuboriladi;
• ma’lumotlarni tezkor uzatish kanallari - - bukanallar juda ko‘p miqdorda hech kimga kerak
bo‘lmagan fayllar bilan yuklanadi va ularning ma’lumot uzatish tezligi susayib ketadi;
• yangiliklarni uzatish kanallari - - bu kanallareskirgan axborot bilan to‘ldirib tashlanadi yoki
bu kanallar umuman yo‘q qilib tashlanadi;
• axborotlarni uzatish yo‘li -- USENET tarmogada yangiliklar paketining marshruti buziladi;
• JAVA brouzerlari — SUN firmasi yaratgan JAVA tili imkoniyatlaridan foydalanib,
appletlar (applets) tashkil etish orqali ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish mumkin bo‘ladi. JAVA
— appletlari tarmoqda avtomatik raviщtsa ishga tushib ketadi va buning natijasida
foydalanuvchi biror-bir hujjatni ishlatayotgan paytda haqiqatda nima sodir etilishini hech
qachon kura bilmaydi, masalan, tarmoq viruslarini tashkil etish va JAVA-appletlari orqali
viruslarni jo‘natish mumkin bo‘ladi yoki foydalanuvchining kredit kartalari raqamlariga
egalik kilish imkoniyati vujudga keladi.
AQSh sanoat shpionajiga qarshi kurash assotsiatsiyasining tekshirishlariga asosan
kompyuter tarmoqlari va axborot tizimlariga hujumlar quyidagicha tasniflanadi: 20% - -
aralash hujumlar; 40% - - ichki hujumlar va 40% — tashqi hujumlar. Juda ko‘p hollarda
bunaqa hujumlar muvaffaqiyatli tashkil etiladi. Masalan, Buyuk Britaniya sanoati,
kompyuter jinoyatlari sababli, har yili 1 mlrd funt sterling zarar ko‘radi. Demak, yuqorida
olib borilgan taxlildan shu narsa ko‘rinadiki, hozirgi paytda kompyuter tarmoqlari juda ko‘p
ta’sirchan kismlarga ega bo‘lib, ular orqali axborotlarga ruxsatsiz kirishlar amalga
oshirilmoqda yoki ma’lumotlar bazalari yo‘q qilib yuborilmoqda va buning natijasida
insoniyat mlrd-mlrd AQSh dollari miqdorida iqtisodiy zarar ko‘rmoqda.
Dostları ilə paylaş: