52
• kompyuter tarmog‘i aloqa kanallaridagi xabar almashuvi jarayoniga ruxsatsiz aralashuv;
• virus kurinishidagi dasturiy kamchiliklar (defektlar)ni kiritish.
Kupincha kompyuter tizimida mavjud zaif kismlarni «teshik»lar, «lyuk»lar deb atashadi.
Ba’zan dasturchilarning o‘zi dastur tuzish paytida bu «teshik» larni qodtsirishadi, masalan:
— natijaviy dasturiy maxsulotni yengil yigish maqsadida;
—dastur tayyor bo‘lgandan keyin yashirincha dasturga kirish vositasiga ega bo‘lish
maqsadida.
Mavjud «teshik»ka zaruriy buyruqlar qo‘yiladi va bu buyruqlar kerakli paytda uz ishini
bajarib boradi. Virus kurinishidagi dasturlar esa ma’lumotlarni yo‘qotish yoki qisman
o‘zgartirish, ish seanslarini buzish uchun ishlatiladi.Yuqorida keltirilganlardan xulosa kilib,
ma’lumotlarga ruxsatsiz egalik kilish uchun dasturiy moslamalar eng kuchli va samarali
instrument bo‘lib, kompyuter axborot zaxiralariga katta xavf tugdirishi va
bularga qarshi kurash eng dolzarb muammolardan biri ekanligini ta’kidlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: