II. Axborotlar kommutatsiyasi.
Har qanday xajmdagi (uzunlikdagi) axborotlarni uzatuvchidan qabul qiluvchiga
yetkazib beruvchi printsipiga asoslangan. Axborotlar manziliga yetib borish davrida,
56
tugunlarda ushlanib qolishligi mumkin. Ular asosan kompyuterning disklarida saqlanadi.
Shuning uchun ko‘p vaqt talab qiladi va kompyuter tarmog‘ini qimmatlashtiradi.
III. Paketlar kommutatsiyasi.
Bugungi kunda eng samarali hisoblangan kommutatsiya turi hisoblanadi. Paketlar
asosan axborotlarni bo‘linishidan iborat bo‘lib, har bir paketning o‘rniga uzunligi (xajmi) 46
Baytdan 1500 Baytgacha bo‘lishligi mumkin. Har bir paket bosh sarlavxadan iborat bo‘lib,
ma’lumotni yuboruvchisining va qabul qiluvchisining manzillaridan iborat bo‘ladi, hamda
ular ketma – ket raqamlanadi. Paketlar har hil yo‘nalishlardan borib, oxirgi tugunda qayta
yig‘iladi va qabul qiluvchiga yetkaziladi.
Asosiy avfzalliklari:
1.Kompyuter tarmog‘ining ma’lumotlarini o‘tkazish samaradorligining juda
balandligi.
2.Jismoniy aloqa kanallarini o‘tkazish qobiliyatlarini dinamik ravishda o‘zgartirish
mumkinligi.
Asosiy kamchiliklari:
1.Paketlar tugunlarda kutib qolishligi mumkinligi sababli ma’lumotlarni uzatish
tezligi noaniqligi.
2.Kutib qolish vaqtlari paketlar tarmoqda ko‘pligida juda ham oshib ketishligi.
3.Kommutatsiya buferlarida ma’lumot paketlari ko‘paygan paytda paketlarni tushib
qolishligi mumkinligi.
Paketlar kommutatsiyasi kompyuter tarmoqlari 2 sinfga bo‘linadi: 1.Virtual kanal
tarmoq. 2.Deytagrammali tarmoq.
Virtual kanalli tarmoqda – bog‘lanishda yagona yo‘nalish asosida ma’lumot uzatiladi,
ya’ni dinamik va statik virtual kanal bo‘ladi. Statik virtual kanalni administrator orqali
yaratiladi.
Deytagrammali tarmoq elektron pochtaga o‘xshagan bo‘ladi. Ya’ni har bir paket
konvertga joylashtiriladi va marshrutizator ularni har hil yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qiluvchi
oxirgi tarmoq tuguniga yetkazib beradi.
|