Mavzu yuzasidan o‘quvchilar bilimini tekshirish uchun savollar
1-guruhga: O`rta Osiyo tabiiy geografik o‘lkasining maydoni qanchaga teng?
Javob: 2 mln. kv.km. dan ortiq
2 –guruhga: O‘lkaning eng shimoliy nuqtasi qaysi tog‘dan o‘tadi?
Javob: Ayirtovdan.
3-guruhga: O‘lkaning eng janubiy nuqtasi qaysi chegaradan o‘tadi?
Javob: Hindykush tog‘larining g‘arbiiy tarmog‘i bo‘lgan Safedko‘h tog‘ tizmasi bilan Nishopur tog‘lari tutashgan joyda – Xarid vodiysidan o‘tadi.
4-guruhga: O‘lka shimoldan janubga va g‘rbdan sharqqa necha km masofaga cho‘zilgan?
Javob: O‘lka shimoldan janubga 2200 km va g‘rbdan sharqqa 2750 km ga yaqin masofaga cho‘zilgan.
5-guruhga: O‘kada tabiiy sharoitlarni vujudga keltiruvchi muhim omillardan birini ayting.
Javob: Shamollar Yer yuzasining barcha formalariga – tog‘ va tekisliklarga erkin holda ta’sir qila oladi. Bu esa o‘kada tabiiy sharoitlarni vujudga keltiruvchi muhim omillardan biridir.
Yuqoridagi berilgan topshiriqlar bo‘yicha rag‘bat kartochkalari berib boriladi va dars yakunida ular sanaladi. Shunga ko‘ra o‘quvchilar baholanadilar.
Dars boshida berilgan jadvaldagi “Bilib oldim” bo‘lagi to‘ldiriladi.
O‘qituvchi mavzuni mustahkamlaydi.
Uyga vazifa:
3- mavzu bo‘yich o‘quvchilar bilish lozim bo‘lgan BKM larni egallash. Atlasdan (6-bet)dagi O`rta Osiyo tabiiy xaritasidan foydalanib, o‘lkaning yirik relyef shakllarini, tabiiy chegaralarni yozuvsiz xaritaga tushirish.
Dostları ilə paylaş: |