O‘zbekiston respublikasining saylov kodeksi 1-bob. Umumiy qoidalar



Yüklə 0,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/65
tarix15.04.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#125370
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65
25.06.2019. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING SAYLOV KODEKSI
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Kodeks bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ushbu Kodeks O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi (bundan buyon matnda Qonunchilik palatasi deb yuritiladi) deputatlari,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (bundan buyon matnda Senat deb yuritiladi) a’zolari,
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari (bundan buyon matnda mahalliy Kengashlar
deb yuritiladi) deputatlari saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish bilan bog‘liq
munosabatlarni tartibga soladi hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xohish-irodasi erkin
bildirilishini ta’minlovchi kafolatlarni belgilaydi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 
XXIII bobi
.
Oldingi
 tahrirga qarang.
2-modda. Saylov to‘g‘risidagi qonunchilik
Saylov to‘g‘risidagi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi
, ushbu Kodeks
va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
(2-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda —
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi
markaziy saylov komissiyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
4004-son 
qarori
.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasida saylov o‘tkazishning asosiy prinsiplari
O‘zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida
yashirin ovoz berish orqali o‘tkaziladi.
Saylov ochiq va oshkora o‘tkaziladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 117-moddasi 
ikkinchi qismi
, mazkur Kodeksning 
4 —
8-moddalari
.

Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin