ALEKSANDR MAKEDONSKIY DAVRIDA
Asta-sekinlik bilan Iskandar Osiyo hukmdoriga aylanib bordi. U ikki yil davomida hozirgi Afg’aniston, Tojikiston va O’zbekiston hududlarini o’z ichiga olgan Sug’diyona va Baqtriyani zabt etdi.
Yangi hududlarni ishg’ol qilar ekan, Iskandar shaharlar barpo etib, ularga o’z nomini beradi.
Masalan, Eshatadagi Iskandariya bilan Arahisiyadagi Iskandariya shaharlari bizning davrimizda Xo’jand va Qanqag’or nomi bilan mashhur.
Yunon-makedon qo‘shinlarining bosqinchlik yurishlari O‘rta Osiyo yerlarini xarobazorga aylantirdi, aholining katta qismi qirilib ketdi.
Ko‘plab shaharlar vayron etildi So‘g‘diyona va Baqtriya shaharlari o‘rnida, boshqalari esa tayanch qal’alar sifatida yangidan qurilgan. Bu shaharlarda yunon-makedonlarning piyoda va otliq askarlari joylashtirilgan. Bu askarlarning siyraklashgan saflari Makedoniya
tartibida qurollantirilgan Baqtriya va So‘g‘diyona yoshlari hisobiga to‘ldiriladi. Aleksandr O‘rta Osiyo yerlarini bosib olish uchun Aleksandr deyarli uch yil urindi, biroq uncha katta bo‘lmagan hududni: Marg‘iyona, Baqtriya, So‘g‘diyona, hozirgi Bekobod va Xo‘jand orasida Sirdaryo bo‘ylarini bo‘ysundirishga muvaffaq bo‘ldi, xolos. Xorazm, Toshkent vohasi va Farg‘ona mustaqilligicha qoldi.
Dostları ilə paylaş: |