XVII asr mashhur fran-
suz fizigi
Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi
to‘g‘risida yaratilgan kashfiyotdan qariyb 7 asr muqaddam
movarounnahrlik muhandislarga ma’lum ekanligidan dalolat
beradi.
X asr dan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tar-
qaladi.
Yakkasinch va
qo‘shsinchli binolarning tagsinchlaridan
tor
tib ustunlari-yu sarrovlari va to‘sinlarigacha yog‘ochlarni
birik tirish uslubida qurilib, sinchlarning orasi xom g‘isht yoki
guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish
hozirgacha saqlanib keladi.
Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va
Poykand shahar xarobalarida kovlab ochilgan turarjoy qoldiq-
laridan ma’lum bo‘lishicha, X–XI asrlarda ham
paxsa va
xom g‘isht dan qurilgan imoratlar shahar me’morchiligida asosiy
o‘rinni egallagan.
Naqqoshlik, o‘ymakorlik va xat tot lik. IX–XII asr bosh-
larida me’
morchilik bilan birga
naqqoshlik va
o‘ymakorlik san’ati ham ancha rivoj topadi. Imoratning peshtoqi, eshigi
va devorining ayrim qismlari turli mazmundagi bitiklar bilan
qoplanar edi.
Bu davrda
xattotlik xalq san’atining muhim va keng tarqal-
gan sohalaridan biri edi. Hali kitob bosish kashf etilmaganligi,
qo‘lyozma kitoblarning nusxalari faqat qo‘lda ko‘chirilishi
X asr suv omborining to‘g‘oni – Xonbandi.
108
tufayli xattotlik san’ati ancha rivoj topdi. Turli uslubda husnixat
bilan bitilgan xattotlik namunalari me’moriy naqshlarda ham
hayotiy mazmun va estetik zavq beruvchi bezak sifatida
ishlatiladi.