O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə166/175
tarix13.11.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#132428
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov) (1)

Alisher 
Navoiy
o‘zining bebaho asarlarida ko‘tar-
gan o‘ta insonparvar g‘oyalari bilan 
jahon adabiyotining buyuk namoyandalari 
qatoridan munosib o‘rin egalladi. 
Abdu-
rahmon Jomiy Alisher Navoiy
ning za-
mon 
doshi, ustozi va do‘sti edi. Ularning 
do‘stligi va hamkorligi o‘zbek va qardosh 
xalqlar do‘stligi va hamkorligining yorqin 
timsolidir.
Alisher Navoiy


152
A
gar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, muta-
fakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak shoirlarning 
sultonidir. 
Islom Karimov. “yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”.
Tarixchilar.
 
Tarix ilmining yirik namoyondalaridan biri 
Mirxond
(1438–1498) bo‘lib, uning haqiqiy ismi 
Muhammad 
Xovandshoh
 
ibn Mahmud
dir. U Balxda tug‘ilgan bo‘lsa-da, 
umrining deyarli ko‘p qismini Hirotda o‘tkazadi. 
Mirxond
ning 
ota-bobolari asli buxorolik bo‘lib, fiqh ilmida zamonasining 
yetuk olimlari sifatida shuhrat topganlar. Mirxond haqida 
ma’lumotlar juda kam. U haqda ayrim ma’lumotlar nabirasi 
Xondamir
tomonidan yozib qoldirilgan: “
Padarpanoh janob 
amir Xovand Muhammad yigitlik chog‘larida turli ilm­
larni­ tahsil­ etish­ va­ nafis­ fazilatlarni­ kamoliga­ yetkazish­
yo‘lida tirishqoqlik va zo‘r mehnat qildi…qisqa vaqt ichida 
bilimdonlikda zamon fozillarining peshqadami bo‘lib oldi. 
U (ko‘proq) tarix ilmini kasb qildi va jahon ahvolini hamda 
osori atiqalarini tahqiq qilishga kirishdi. Oliyjanob xotirani 
tez fursat ichida bu fanni egallashdan forig‘ qildi, ammo fe’l­u 
atvori maishat ahli bilan qo‘shilishga yo‘l bermadi, zavq­u 
shavqqa berilmadi… Dars berish va amru ma’rifatga ishtiyoq 
uning ravshan xotirida aslo ko‘rinmadi. Ammo (bu hol) … orzu 
va omonlikning qiblagohi, ya’ni oliyjanob Sulton (Husayn) 
hazratlari yaqin do‘sti (Amir Alisher Navoiy)ning huzurlariga 
borganicha va uning har turli navozish, marhamat, iltifot 
hamda muruvvatlarini topgunlaricha davom etdi
”.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin