1454-yil da Hirot hokimi
Abulqosim Bobur Movarounnahrga bostirib kirib, Samarqandni
qamalga olganida
Xoja Ubaydulloh Ahror mojaroga qat’iyan
aralashib, raqiblarni yarashtirdi.
Sulton Husayn va Alisher Navoiy. Sulton Husayn Boy- qaro Amudaryoning janubidagi yerlarga hukmron bo‘lib,
u o‘z tasarrufida Xuroson, Xorazm hamda Sharqiy va
Shimoliy eron viloyatlarini birlashtirgan edi. U qariyb 40 yil
hukm surgan temuriylarning so‘nggi yirik hukmdori bo‘lib,
uning davrida shahzoda va amirlarning boshboshdoqligiga
qaramay, mamlakatning xo‘jalik va madaniy hayoti yuksaldi.
Xurosonning obod etilishida, ravnaq topishida zamonasining
tadbirkor va dono hukmdori
Sulton Husayn bilan bir qatorda
buyuk adib va davlat arbobi
Alisher Navoiy ning ham xizmati
nihoyatda katta bo‘ldi.
Alisher Navoiy 1441-yil da Hirot da dunyoga kelgan. Uning
ota-bobosi temuriylar saroyida xizmat qilgan. Sulton Husayn
bilan Alisher bir mak
tabda o‘qiganlar. Ular bolalik chog‘-
la ri dayoq Xuroson hukmdori
Abulqosim Bobur xizmatida
bo‘lganlar. Uning va
fo
tidan so‘ng 12 yil davomida boshqa-
boshqa shaharlarda yashaganlar.
Hu sayn bu davrda avval
Xorazmda, so‘ng ra Xurosonning Obivard, Niso, Mashhad va
boshqa viloyatlarida darbadarlikda yurib, kuch to‘plab
Abu Said ga qarshi isyonlar ko‘taradi.
Alisher Navoiy bu yillarda
Mashhad va Hirotda o‘qiydi. O‘sha paytlardayoq u shoirlik
iste’dodi tufayli katta shuhrat qozongan edi. Yoshlikdan
Sulton Husayn bilan yaqin bo‘lgan
Alisher o‘ziga nisbatan