O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XV asr boshlarigacha)


“malikshoh”, keyinchalik “yabg‘u”



Yüklə 1,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/175
tarix13.11.2023
ölçüsü1,04 Mb.
#132428
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   175
O\'zbekiston tarixi. 7-sinf (2017, A.Muhammadjonov) (1)

“malikshoh”, keyinchalik “yabg‘u” 
nomi bilan atalgan.
Toxariston aholisining asosiy qismi o‘troq dehqonchilik bi lan 
shug‘ullangan. Hunarmandchilikda qurolsozlik, shishasozlik, 
to‘qimachilik yuksalgan. 
Toxariston Hin diston, Yaqin va Uzoq Sharq mamlakatlari 
bi 
lan savdo-madaniy aloqalar o‘rnatgan, o‘z chaqa-tangalari 
ich ki savdo muomalasida yurgan. 
Farg‘ona.
Farg‘ona 
hukmdorlari 
“ixshid” 
deb atalgan. 
Far g‘ona yerlari juda hosildor bo‘lib, aholisi dehqonchilik bilan 
kun kechirgan, paxta va sholi ekkan. 
Koson

Axsikat 
(Xush-
kat) va 
Quva 
(Qubo) kabi yirik markaziy shaharlarida hunar-
mand chilikning turli sohalari rivoj topib, ularning mahsulotlari 
ichki va tashqi bozorlarda juda xaridorgir bo‘lgan. Qo‘shni 
mam 
lakatlarga bo‘yoq, rangli shisha buyumlar va dori-dar-
mon lar chiqarilgan.
Farg‘ona vodiysida o‘troq aholi bilan bir qatorda chorva-
dor lar ham yashaganlar. 
Qurama 
va 
Qoramozor 
tog‘lari yon -
ba 
g‘irlarida qadimdan yilqichilik bilan shug‘ullanilgan. Bu 
vodiyda ko‘pay tirilgan tulpor otlarning dong‘i jahonga taral-
gan.
Choch va Eloq
.
Chirchiq 
va 
Ohangaron 
vodiylarida 
ikki 
ta hokimlik mavjud bo‘lgan. Manbalarda ulardan biri 
Choch
, ikkinchisi 
Eloq 
nomlari ostida tilga olinadi. Choch-
ning markazi 
Choch 
shahri bo‘lib, hukmdori 
“tudun” 
deb 
yuri tilardi. eloqning markazi 
Tunkat
, hokimlari esa 
“dehqon” 
deb ata lardi. 
VII asrning dastlabki choragi
da G‘arbiy turk xoqonligi 
hukmdorlik qarorgohini 
Choch
viloyatiga ko‘chiradi. Hukmdor 
va malika uchun bu yerda o‘ziga xos qarorgohlar bino qilingan. 


21
Choch
o‘lkasi o‘z tanga pullari ti-
zi 
miga ega bo‘l 
gan. Tangalarning old 
betida hukmdor surati, teskari to mo nida 
ot, gajak dumli bars yoki qoplon tasviri, 
ba’zan su lo laviy ayri tamg‘a tushirilgan. 
Ayrim tangalarda esa, hatto hukm dorga 
yonma-yon malika tasviri ham chekilgan. 
Bunday tasvir hukmdorning malikasi – 
xvatun 
(xotun) vazirlik darajasiga ega 
bo‘lib, davlat boshqaruvida faol ishtirok etganligidan dalolat 
beradi. Saroyda u xoqondan keyingi o‘rinni egallagan.
Choch
va 
Eloq
sertarmoq xo‘jalikka ega bo‘lib, sug‘orma 
deh 
qonchilik, chor 
vachilik, hunarmandchilik, konchi 
lik va 
savdo yuksak darajada bo‘lgan. 
Karvon yo‘lining o‘lka orqali o‘tishi 
Choch
va 
Eloq
qa 
ichki va tashqi savdo-sotiqning kengayib, shaharlar aholisining 
ko‘payishiga imkon bergan.

Yüklə 1,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin