153
vaqtgacha Sharq tarixi bo‘yicha muhim manba bo‘lib xizmat
qilgan.
Mirxondning
nabirasi Xondamir (1475–1535) ham
o‘z
davrining mashhur tarixchisidir.
U hazrat
Alisher Navoiyning
shogirdi
edi.
Xondamir 15-16 yoshlarida Alisher Navoiyning
diqqat-nazariga tushadi va uning vafotiga qadar ulug‘ shoirning
yonida bo‘lib, uning kutubxonasiga boshchilik qiladi.
Xondamir
o‘zining keng ma’lumoti, ilm-fanga intilishi bilan ulug‘ olim
va mutafakkir shoirning hurmat-e’tiborini qozonadi. Navoiy
Xondamir haqida “
Majolis unnafois” asarida quyidagilarni
yozib qoldirgan: “
Mavlono Xondamir Mirxondning farzandidir
va salohiyatli yigitdir. Tarix ilmida moharati bordir”.
Xondamir sermahsul olim edi. U tarixga oid o‘nga yaqin
asarlar yozib qoldirgan.
Xondamir
o‘zining o‘lmas tarixiy
asarlari bilan ko‘p asrlik madaniyatimiz xazinasini
boyitdi va
ilm-fan t
arixida o‘chmas iz qoldirdi.
Xondamir o‘z asarlarida
xalqimizning o‘tmish tarixi va voqea-hodisalarini go‘zal
qilib tasvirlagan. Ayniqsa uning “
Habib ussiyar” asari O‘rta
Osiyo va Xurosonning XV asr oxiri va XVI
asrning birinchi
choragidagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganishda muhim va
qimmatli manbalardan biri hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: