O`zbekiston tarixi



Yüklə 75,03 Kb.
səhifə7/22
tarix13.12.2023
ölçüsü75,03 Kb.
#139689
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
O`zbekiston tarixi-fayllar.org

1. 
Yozma manbalar – epigrafik yodgorliklar, ya‘ni, tosh, metall, suyak va sopolga
bitilgan bitiklar, «Avesto», mixxab yozuvlar, qadimgi va o‗rta asrlar mualliflarining xabarlari,
graffitlar, ya‘ni, qo‗l bilan binolar, metall buyumlar, idishlarda qoldirilgan izlar, papirus,
pergament va qog‗ozlardagi qo‗lyozmalar, chop etilgan materiallar.
2. 
Moddiy yoki arxeologik manbalar – arxeologik tadqiqotlar natijasida
o‗rganiladigan mehnat va jangovar qurollar, hunarmandchilik buyumlari, idishlar, uy-ro‗zg‗or
buyumlari, kiyimlar, chorvachilik anjomlari, tangalar, san‘at buyumlari, me‘morchilik

inshoatlari, uy-joy qoldiqlari, mudofaa inshoatlari kabilardir. Moddiy manbalar yozuvsiz


zamonlardagi tariximizni tiklash uchun ulkan ahamiyat kasb etadi.
3. 
Etnografik ma‟lumotlar – eng qadimgi davrdan boshlab so‗nggi o‗rta asrlarga
qadar odamlarning yashash tarzi va turmushi, urf-odatlari va an‘analari, bayramlar va diniy
e‘tiqodlar, xo‗jalik yuritish udumlari, ma‘lum qabilalar, elatlar va etnik guruhlarga xos bo‗lgan
an‘analar haqida qimmatli ma‘lumotlar beradi.
4. 
Lingvistik ma‟lumotlar – qadimgi tillarning yozma, badiiy va og‗zaki nutqda aks
etishi, turli xalqlar tili va lahjasidagi o‗xshashliklarning tarixiy ildizlari haqidagi ma‘lumotlarni
o‗z ichiga oladi. Ushbu ma‘lumotlar xalqlar va elatlarning etnik kelib chiqishi hamda
mashg‗ulotlari, migratsion jarayonlar, diniy e‘tiqodlar, madaniyat, turmush tarzini o‗rganishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
5. 
Kinofotohujjatlar – nisbatan yangi, voqea-hodisalar va ma‘lum shaxslar
bo‗yicha ilgari surilgan fikrlarning tasdig‗i hisoblanadi.
6. 
Arxiv materiallari - XIX asrning o‗rtalaridan boshlab bugunga qadar ijtimoiy-
iqtisodiy, madaniy va siyosiy jarayonlarni o‗rganishda markaziy va joriy arixlarda
saqlanayotgan ma‘lumotlar juda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixiy manbalarni o‗rganishning o‗zi, ya‘ni, manbashunoslik - tarix fanining maxsus
sohasi bo‗lib, tarix fani rivojlanishi va tarix yozilishida o‗ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi
paytda manbashunoslik fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko‗rsatilgan metodologik ilmiy-
nazariy, g‗oyaviy-mafkuraviy asos va ilmiy usullarga tayanadi.
Manbashunoslik fani asosan tarixiy manbalarni o‗rganish bilan mashg‗ul bo‗lib,
manbalarning qimmatini, haqiqiy va haqiqiy emasligini aniqlash bilan birga ularni turkumlarga
ajratadi. Masalan, moddiy va ma‘naviy yodgorliklar hamda ashyoviy – etnografik, lingvistik va
og‗zaki (folklor) manbalar shular jumlasidandir. Manbashunoslik manbalarni aniqlash va
saralash, ularning ilmiy qimmatini belgilash, tahlil qilish, yaratilish tarixi, shart-sharoitini
o‗rganish kabi sohalarga bo‗linadi.
Xulosa shuki, manbalar tarixiy jarayon va voqeliklarning o‗zida real aks ettirgan bo‗lib,
tarixiylikning in‘ikosi bo‗lmog‗i kerak. Mana shunda ularning tarixiy ahamiyati, tarixiy ekanligi
yuqori bo‗lib, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga yaqindan yordam beradi.
O‗rta Osiyo mintaqasi jahon sivilizatsiyasining ajralmas qismi bo‗lib, insoniyat qadimgi
tarixi va madaniyati o‗chog‗laridan biri hisoblanadi. Uzoq yillar mobaynida olib borilgan
tadqiqotlar natijasida mintaqaning turli viloyatlarida bir umumiy, bir-biriga o‗xshash, ko‗p
hollarda bir-birini takrorlaydigan madaniyatga oid yodgorliklar topib o‗rganilgan. Chunonchi,
O‗rta Osiyo hududlarida qadimgi davrlarda yuz bergan tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy jarayonlar bir-biriga yaqin bo‗lib, turli migratsion jarayonlarga qaramasdan bu hududda
yashagan qadimgi qabilalar va elatlarni umumiy va etnik ildizlar birlashtirib turgan. Shuning
uchun ham O‗rta Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir-biriga uzviy
bog‗langan bo‗lib, qadimgi davrlar haqida so‗zlaganimizda ―O‗rta Osiyo tarixi‖ va ―O‗zbekiston
tarixi‖ atamalarini yonma-yon ishlatishimizning boisi ham ana shundadir.
Ma‘lumki, nafaqat O‗zbekiston, balki butun insoniyat tarixi uzoq va murakkab jarayon
bo‗lib, tarixiy-madaniy voqealarga nihoyatda boy hisoblanadi. So‗nggi yillarda O‗rta Osiyoning
turli hududlarida arxeologiya, antropologiya, etnografiya va numizmatikaga oid ko‗plab
kashfiyotlar qilindi hamda tariximizni xolisona yoritish uchun xizmat qiladigan muhim
ma‘lumotlar to‗plandi. Ushbu ma‘lumotlar va ashyolar o‗lka tarixining qadimgi bosqichlaridagi
iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy-siyosiy jarayonlari haqida yanada to‗laroq tasavvurlar hosil qilish
imkonini berib, ular eng qadimgi xo‗jaliklar va mehnat qurollari, zamonaviy qiyofadagi
odamning paydo bo‗lishi, xo‗jalikning ishlab chiqaruvchi shakllariga o‗tilishi, ishlab chiqarishda
metallning ishlatila boshlanishi, ayirboshlash va savdo sotiq, ilk shaharlar va davlatlarning
tashkil topishi kabi ko‗plab tarixiy-madaniy jarayonlar bilan bog‗lanadi. Tarixni davrlashtirishda
ushbu jarayonlarga asosiy e‘tibor qaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‗rta Osiyo, jumladan O‗zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib davrlashtirish
masalasida olimlar orasida hamon bahslar davom etmoqda. Bu masala yuzasidan, xususan, eng

qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo‗lgan tariximizni davrlashtirishda e‘tibor berilishi


lozim bo‗lgan tarixiy-madaniy jarayonlar, masalaga sivilazitson yondoshuv, davrlashtirishning
metodologik asoslari kabilarga A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullayev va boshqa olimlar
e‘tibor qaratgan bo‗lishlariga qaramay, davrlashtirish masalalari to‗la yechimini topmagan.
So‗nggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib, O‗zbekiston tarixini
davrlashtirish masalalariga ham qisqacha to‗xtalib o‗tishni lozim topdik. Chunki, o‗rganilayogan
tarixni avvalo, xronologik izchillikda davrlarga bo‗lib, har bir davrning o‗ziga xos
xususiyatlarini hisobga olib darslik nuqtai nazaridan ma‘ruzalar belgilash hamda dars soatlarini
taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Qanchalik sodda ko‗rinmasin, ushbu jihat ham murakkab
masala hisoblanagan tarixni to‗g‗ri davrlashtirishni talab etadi. Masalaning eng muhim tomoni
esa, yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish asosida tarix fanidan ta‘lim berishdir.
Bu kunga qadar olib borilgan tadqiqotlarning qiyosiy tahlillari hamda mavjud
adabiyotlarni o‗rganish asosida O‗zbekiston tarixini davrlashtirish quyidagi ko‗rinishda taklif
etiladi:
1. O„zbekiston tarixining eng qadimgi davri. Bu davrni o‗z navbatida quyidagi
bosqichlarga ajratish mumkin: a)O‗rta Osiyoda ibtidoiy to‗da davri – bu davr moddiy madaniyat
taraqqiyotiga qarab xronologik jihatdan 1 mln. – 40 ming yil avval ya‘ni, ilk va o‗rta paleolit
davrlarini o‗z ichiga oladi; b) urug‗chilik jamoasi davri –so‗nggi paleolitdan boshlab urug‗chilik,
jamoalarining shakllanishi va mezolit, neolit, eneolit davrlarida ularning taraqqiy etishi (12-4
m.y.). Bu davr ijtimoiy boshqaruvning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan izohlanadi.
2. Ilk davlatchilikka o„tish va davlatchilikning rivojlanishi davri. Ijtimoiy-iqtisodiy
va madaniy taraqqiyot nuqtai nazaridan bu davr quyidagi bosqichlarga bo‗linadi: a) O‗rta
Osiyoda ilk shahar madaniyatining paydo bo‗lishi hamda dastlabki davlatchilik tizimiga o‗tish
davri (mil. avv. III – II ming yillikning birinchi yarmi); b) ilk davlatlarning paydo bo‗lishi hamda
ma‘muriy-hududiy boshqaruvining rivojlanish bosqichlari (mil. avv. II ming yillikning ikkinchi
yarmi-antik davri). Bu davr dastavval bronza, keyinroq esa temirning xo‗jalik sohalariga jadallik
bilan kirib kelishi natijasida mehnatning dastlabki ijtimoiy taqsimoti, ishlab chiqaruvchi
kuchlarning taraqqiyoti, siyosiy birlashmalar, Qadimgi Baqtriya va Xorazm kabilarning paydo
bo‗lishi, O‗rta Osiyoning Ahamoniylar, Makedoniyalik Aleksandr, Salavkiylar kabi polietnik
davlatlar tarkibida rivojlanishi, xalqaro va o‗zaro madaniy-iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi
bilan izohlanadi.
3. O„zbekiston tarixining o„rta asrlar davri. Bu davr o‗z navbatida quyidagi
bosqichlarga bo‗linadi: a) ilk o‗rta asrlar; b) rivojlangan o‗rta asrlar; v) so‗nggi o‗rta asrlar
bosqichi. Xronologik jihatdan V asrdan XVIII -XIX asrning o‗rtalarigacha bo‗lgan davrni o‗z
ichiga olgan bu davrning birinchi bosqichida O‗rta Osiyoda yer egaligi munosabatlari o‗zgarib,
mulkchilikning turli shakllari (xususiy mulk, jamoa mulki, vag‗nze) paydo bo‗ldi, etnomadaniy
jarayonlar jadallanib, mahalliy hokimiyatchilik davlat tizimining asosiga aylanadi. Ikkinchi
bosqichda markazlashgan davlatchilik an‘analari kuchayib, O‗rta Osiyoda islom dini keng
yoyiladi, ilm-fan va madaniyat yuqori darajada rivojlanib bu sohada uyg‗onish yuz berdi, etnik
jihatdan xalqlarning shakllanishi nihoyasiga yetdi, yer egaligi va mulkchilikning turli
ko‗rinishlari mavjud bo‗ldi. Uchinchi bosqichda (ХVII asrdan boshlab) hokimiyat uchun o‗zaro
kurashlar avj olib O‗rta Osiyo hududlari xonliklarga bo‗linib ketdi.
4. O„zbekistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sovetlar hukmronligi 
davri. Xronoligik jihatdan ХIХ asrning o‗rtalaridan 1991 yilgacha bo‗lgan davrni o‗z ichiga
olgan bu davr mustamlakachilik davri va sovet davri bosqichlariga bo‗linadi. Birinchi bosqichda
chorizm bosqinchiligi tufayli O‗rta Osiyo Rossiyaning xom-ashyo bazasiga aylanib, bu
hududlarga rus kapitali jadallik bilan kirib keldi, mahalliy ishlab chiqarish va hunarmandchilikka
putur yetdi, milliy-madaniy qadriyatlarga e‘tibor berilmadi, natijada milliy ozodlik haraklari avj
olib jadid namoyondalari rahnamoligida milliy ma‘rifparvarlik g‗oyalari yoyildi. Ikkinchi
bosqichda, dastavval milliy mustaqilliq uchun qurolli va g‗oyaviy kurashlar avj olgan bo‗lsa-da,
ular beayov bostirilib, jamiyat taraqqiyoti kommunistik mafkuraga bo‗ysundirildi, mulkchilikda

davlat monopoliyasi ustunlik qildi, ―o‗z taqdirini o‗zi belgilaydigan xalqlar‖ va sovet


respublikalari amalda ―markaz‖ manfaatlariga bo‗ysundirildi.
5. O„zbekistonning mustaqillik va milliy istiqlol davri. Respublikamizning Birinchi
Prezidenti Islom Karimov mustaqillik davrida mamlakatimiz hayotining barcha sohalarida
amalga oshirilgan ulkan o‗zgarishlarni, respublika aholisining serg‗ayrat va fidokorona mehnati
tufayli qo‗oga kiritilgan katta yutuq va natijalarni, ularning mohiyati va ahamiyatini hisobga olib
mustaqil taraqqiyot ikki bosqichga bo‗linishini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berdi. Birinchi
bosqich 1991-2000 yillarni o‗z ichiga olib, bu davrda mustaqillikning mustahkam poydevori
bunyod etilib, ―o‗zbek modeli‖ asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo‗l tutildi, O‗zbekiston
jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi jamiyat hayotida keng kirib
bordi.
2001-2007 yillarni o‗z ichiga olgan ikkinchi bosqich, I.Karimov ta‘biri bilan aytganda, ―fan
demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri esa iqtisodiyotimizni
barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy gumanitar
sohalarni izchil isloh qilishni ta‘minlashda g‗oyat muhim rol o‗ynagan davr bo‗ldi‖. 2007 yildan
keyingi davr esa davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud huquqi va axborot
sohalarini isloh qilish, saylov huquqi erkinligini ta‘minlash, fuqarolik institutlarini rivojlantirish,
bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish davri bo‗lib qoldi.
Tarix fanini o‗qitish borasida dolzarb bo‗lib turgan davrlashtirish masalalari hali jiddiy bahs-
munozaralarga sabab bo‗lishi tabiiydir. Ammo, bu yo‗nalishda aniq konsepsiya ishlab chiqilib,
o‗quv jarayoniga joriy etilishi davr talabidir.
Taraqqiy etgan millatlarning o‗z tarixini yaxshi bilishi va qadrlashi, tarixiy yodgorlik va
obidalarini e‘zozlashi, ko‗z qorachig‗idek asrashining ko‗pgina sabablari bor. Bu eng avvalo,
tarix insoniyat paydo bo‗lganidan to hozirgacha davom etib kelayotgan ijtimoiy jarayon oynasi
ekanligi bilan bog‗liqdir. Ikkinchidan esa, butun insoniyat shu tarixga qarab, o‗z o‗tmishi va
borligini anglaydi, kelajak rejalarini belgilaydi. Boshqacha bir ma‘noda tarix buyuk faylasuf va
donishmanddir. Uning mana shu dono falsafasini to‗g‗ri anglagandagina, xalqlar o‗z kelajagi
uchun mustahkam poydevor yaratadi.
Nasroniy (xristian)lik falsafasi asoschisi A.Avgustian (354-430 yy.) hozirgi eramiz
boshidayoq, ya‘ni bundan bir ming olti yuz yil oldin tarixning xalq va millatning taqdirida
tutajak o‗rnini ko‗rsatib, shunday degan edi; ―G‗aflatda yotgan xalqni uyg‗otish uchun avvalo,
uning tarixini uyg‗ot‖. XII asrning buyuk allomasi Shahobiddin Muhammad an-Nasaviy ham bu
fikrni o‗zining quyidagi sodda ko‗ringan to‗rtligida yanada teran ma‘noda mana bunday bayon
etadi:
Kimki tutmas qalbida tarixini,
U inson ham emas, olim ham emas.
Biroq kimki uqsa o‗tmishini,
Ko‗p boyitar o‗z turmushini.
O‗zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: birinchidan,
yoshlarga va bo‗lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g‗oyaviy-
siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish; ikkinchidan, yoshlarda milliy tafakkur, g‗urur
va o‗zlikni, milliy vijdon va umuminsoniy barkomollikni tarbiyalash; uchinchidan, yoshlarda
otashin vatanparvarlik va milliy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatlikni rivojlantirish;
to‗rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e‘zozlash, asrab-avaylash ruhini
singdirish, ularda yuksak ahloqiy fazilatlar (halollik, poklik, odillik, rostgo‗ylik, mehnatsevarlik,
kamtarinlik, imon va e‘tiqodlik)ni tarbiyalash; beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-
ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularga
sadoqatlik ruhida kamol toptirish.
O‗zbekiston tarixi fani mana shu yuqoridagilar va bulardan boshqa o‗zining xilma-xil
imkoniyatlaridan kelib chiqib, komil insonni tarbiyalashga behad katta hissa qo‗shadi. Vatan
tarixining davlat boshqaruvi va qurilishida, jamiyat va insoniyat taraqqiyotida, millat va xalq
hayotida tutgan o‗rni hamda ahamiyati benihoya katta ekanligi qadim-qadimdan e‘tirof etib

kelinmoqda. Bunga tariximizning o‗zi guvoh. Shuni alohida ta‘kidlash kerakki, tarixning bu


ajoyib xislati va tarbiyaviy ahamiyati, kuch-qudratini barchamiz teran his etishimiz va anglab
yetmog‗imiz lozimdir.

Yüklə 75,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin