«O’zbekiston xalqlarining Qadimgi va Ilk O’rta asrlar davri madaniyati tarixi. (Miloddan avvalgi. VI asrdan - milodiy IV asrgacha).
Reja:
1. Qadimgi ja’miyat davr madaniyati arxeologik yodgorliklari va topilmalari.
2. Qadimgi jamoaviy tuzimning foyda bo’lish davri moddiy ma’daniyat izlari mehnat qurallarınıng oddiyligi.
3. Ú‘y ro’zg‘or buyimları, kiyim- kechaklari. G‘orlar, toshga, suyakka ishlangan ko‘rinishlar, ha’r xil ma‘rosim bilan bog’liq jihatlari yu‘zaga kelishi.
4. Insonlarda daslabki diniy e’tiqodlarning foyda bo‘lishi.
5. Antik da‘vr ma‘daniyati va san’ati.
6. Tu‘rk xaqonlıgi va islom dinining tarqalıshı. Arablarning Orta Osiyoni bosib olishi da‘vrida ma‘daniyatga ta‘siri.
Adabiyotlar
1. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. Birinchi kitob T., “Sharq”. 2010.
2. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. Ikkinchi kitob. Birinchi kitob T., “Sharq”. 2010.
3. Shamsutdinov R., Karimov Sh. Vatan tarixi. Uchinchi kitob. T., “Sharq”. 2010.
4. Ziyo A. O’zbek davlatchiligi tarixi. T., Sharq 2000
5. Sagdullaev A.S., Aminov B., Mavlonov U, Norqulov N. O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti.
T, “Akademiya” 2000.
6. Nabiyev A.S. Tarixiy o‘lkashunoslik -T., “O‘qituvchi”, 1996
7. Asqarov A.A. O‘zbek xalqining etnogenezi va etnik tarixi. – Toshkent, Universitet, 2011.
Turk xoqonligi qo‘li ostida birlashgan xalqlar taraqqiyotning turli bosqichlarida bo‘lganlar, aholining bir qismi o‘troq dehqon- chilik bilan, qolgan bir qismi esa ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Sug‘diyona, Xorazm va Toharistonda dehqonchilik qiluvchi aholining kattagina qismi patriarxal oila sifatida yashar edilar.
Sug‘diyona shohligi o‘sha davrda Panjikentdan Karmanagacha bo‘lgan uncha katta bo‘lmagan hududni egallar edi. Ichki boshqaruvda ba’zi erkinliklarni saqlab qolgan bo‘lsa-da, xoqonga doimo o‘lpon to‘lab turardi. Turk xoqonligi hududida yashovchi aholi bug‘doy, arpa, sholi, tariq, beda va boshqa mahsulotlarni yetishtirish bilan band bo‘lgan. Eftaliylar davriga nisbatan sug‘orish tizimi bu davrda birmuncha ko‘payadi, Xorazm vohalarida esa aksincha, kamayadi. Aholi uzumchilik va bog‘dorchilik bilan shug‘ullangan.
IVasrda shaharlar, odatda, unchalik katta bo‘lmasdi. Masalan, Afrosiyob xarobalari 216 gektar atrofida bo‘lgan. Eski Paykent devorining umumiy uzunligi 2 km atrofida, Chochdagi asosiy shahar Binkent chegarasi 5, Koson 2, Termizning umumiy doirasi 7-10 km atrofida bo‘lgan.
Dostları ilə paylaş: |