OLIB QIYO’LADIGAN DREZINALARNI HARAKATLANISH TARTIBINING ASOSIY QOIDALARI
1. Olinadigan drezinalarning harakati poezd dispetcherining buyrug’i bilan peregon yopilib amalga oshiriladi.
Tonnel yoki katta ko’prikka ega, shuningdek, yo’lning murakkab plan va profiliga ega peregonlarda drezinalarni harakatlanish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
Drezinalarni harakati poezdlarni jadval bo’yicha harakati buzilishiga olib kelmasligi lozim.
Drezinalar peregonga jo’natilgan taqdirda ularning harakati to’g’risida pereezd navbatchilarini ogohlantirish tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
2. Drezinalarni peregonni egallab harakatlanishi drezina tasarrufida bo’lgan yo’l boshqarmasining (lavozimi yo’l brigadiridan past bo’lmagan) mas'ul xodimi yoki boshqa xizmat (hudud kontakt tarmog’ining elektromexanigi yoki ustasi) xodimlarining talabnomasiga binoan poezd dispetcheri tomonidan ruxsat etiladi. Peregonni egallash uchun drezina haydovchisiga dioganali bo’yicha qizil tasmali oq rangdagi ruxsatnoma taqdim etiladi.
3. Sutkaning qorong’i vaqtlarida, shuningdek, tuman, qor yog’ayotgan, bo’ron paytida va -5°S dan past temperaturada, sharros yomg’irda drezinalarni peregonga chiqishi taqiqlanadi.
4. Harakat paytida drezinalar O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq signallarga ega bo’lishi lozim.
Signallarsiz drezinani yo’lga qo’yish taqiqlanadi.
5. Markazlashtirilgan dispetcherlik uchastkalarida drezinalarni harakat tartibi DATK boshqaruvi raisi tomonidan belgilanadi.
6. Drezinani kuzatib boruvchi kishilar soni quyidagidan kam bo’lmasligi kerak: TD-5 drezinalarda 4 kishi, ID va SM-4 drezinalarda-2 kishi.
Lavozimi yo’l brigadiridan past bo’lmatan xodim, hudud kontakt tarmog’ining elektromexanigi yoki ustasi, ular yo’qligida esa drezina haydovchisi drezinani kuzatib borayotgan boshliq hisoblanadi.
Yo’ldan olingan drezina inshootlarning yaqinlashish gabaritlari buzilmasdan o’rnatilishi lozim.
7. Stansiyadan jo’natilayotgan drezina biron ishlarni bajarish uchun peregonda to’xtashi kerak bo’lsa, stansiya navbatchisi peregonni egallashga ruxsatnomadan tashqari ushbu Yo’riqnomaning 232-bandiga muvofiq ogohlantirish beradi. Peregonni ogohlantirishda belgilangan vaqtdan ortiq band etish taqiqlanadi.
8. Drezina haydovchisini Texnikaviy foydalanish qoidalari, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida signallashtirish bo’yicha Yo’riqnoma, O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnoma, yo’l ishlarini bajarishda poezdlar harakati xavfsizligini ta'minlash bo’yicha Yo’riqnoma, texnika xavfsizligi qoidalarini bilishi sinab ko’rilishi kerak va u o’z yonida hamma vaqt drezinani boshqarishga xuquq beruvchi guvohnomasini olib yurishi lozim.
Haydovchilarga drezinani boshqarishni boshqaruv xuquqiga ega bo’lmagan shaxslarga topshirishi taqiqlanadi.
9. Drezinani kuzatib borayotgan boshliq xodim drezina harakati va undagi odamlar xavfsizligi uchun mas'uldir. U poezdlar harakati jadvaliga ega bo’lishi va stansiyadan peregonga jo’nashdan oldin o’z soatini stansiya navbatchisi soati bilan to’g’rilashi, shuningdek, drezinaning to’liq sozligiga ishonch hosil qilib, signallar mavjudligi va yonilg’i bilan ta'minlanganlikni tekshirib ko’rishi lozim.
Drezinani kuzatib borayotgan boshliq xodimga stansiya navbatchisining ma'lumisiz drezinada stansiya hududida harakatlanishi, shuningdek, poezd dispetcherining buyrug’isiz yoki tegishli ruxsatnomasiz peregonga chiqishi taqiqlanadi.
Drezinada peregonga chiqishda boshliq xodim o’ta hushyor bo’lishi kerak.
10. Pereezdlardan, ayniqsa, navbatchi xodimlar xizmat ko’rsatmaydiganidan va yo’l ishlari olib borilayotgan uchastkalardan o’tishda drezina haydovchisi o’ta ehtiyotkor bo’lishi lozim.
11. Peregondan stansiyaga kelgan drezinani kuzatib borayotgan boshliq xodim darhol shaxsan yoki telefon orqali bu to’g’rida stansiya navbatchisiga xabar qilib, so’ng uning ko’rsatmalariga amal qilishi shart.
Stansiya navbatchisi poezdlar harakati jurnalida drezinani kelgan vaqtini qayd etishi va peregonni ochib, poezdlar harakatini asosiy aloqa vositalari bo’yicha tiklash uchun bu xaqda jo’natgan stansiya navbatchisi va poezd dispetcheriga xabar qilishi shart.
Agar drezina harakatining oxirgi punkti peregonda joylashgan bo’lsa, u yo’ldan olinib, gabarit masofasiga o’rnatilganidan so’ng mas'ul rahbar ishlar yakunlangani to’g’risida poezd dispetcheriga yoki peregonni chegaralovchi stansiyalardan birining navbatchisiga xabar qiladi va uning asosida poezdlarning harakati tiklanadi.
12. Drezinaning oldinga (farasi bilan oldinga) yurishi asosiy hisoblanadi. Orqaga yurishga stansiyadagi manyovrlarda istisno sifatida ruxsat beriladi.
13. TD-5 drezinalarning harakat tezligi peregonlarda 50 km/soat dan, stansiya yo’lllarida 25 km/soat dan, strelkalarda esa, 15 km/soat dan oshmasliga lozim. Ko’rinish yomon bo’lganda drezinalarning harakat tezligi 25 km/soat dan oshmasligi lozim, yoritgichlar (fara va ortidagi qizil signal chiroq) qo’shilgan bo’lishi kerak.
14. Drezinani prisep (tirkama) bilan va priseplarni o’zaro, faqat namunaviy asboblar vositasida, drezinalar tuzilishi va ularga xizmat ko’rsatish bo’yicha Yo’riqnomaga muvofiq tirkashga ruxsat etiladi. Drezinalar harakatida o’z-o’zidan ajralib ketish ehtimoli istisno qilinishi lozim.
Drezinani platforma va vagonlar bilan tirkash taqiqlanadi.
15. Drezina harakatlanishi vaqtida: drezina yoki prisepda turish, bortlarda o’tirish, prisepdan prisepga o’tish, to’liq to’xtamaguncha drezina yoki prisepdan tushish yoki ularga chiqish, harakat vaqtida, shuningdek, yonilg’i quyo’layotgan vaqtida chekish taqiqlanadi.
16. Bir paytning o’zida drezinada ketayotganlar soni quyidagidan oshmasligi lozim: TD-5 drezinasida 6 kishi, yuk ortilmagan prisepda 10 kishi, yuk ortilganida faqat prisepni tormozlash uchun 1 kishi. Yuklarni bevosita drezinada tashishga yo’l qo’yilmaydi.
17. Ishchilarni yoki yuklarni tashish uchun prisepli drezina yo’lga chiqqanida uning ishiga umumiy rahbarlikni lavozimi yo’l brigadiri, hudud kontakt tarmog’ining elektromexanigidan past bo’lmagan xodim amalga oshiradi.
Priseplarda ishchilar guruhi tashilganda har bir prisepda mas'ul xodim-tajribali ishchi (guruh boshlig’i) tayinlanib, u shu prisepda bo’lib, tartibni va tashilayotgan odamlarning xavfsizligini kuzatib borishi lozim.
Priseplarda tormozlash uchun ishchilar bo’lmaganda prisepli drezinalarni harakatlanishi taqiqlanadi. Yuk ortilgandan so’ng tormoz richaganing erkin yurishiga ishonch hosil qilinishi lozim. Tormoz richagini tashilayotgan yuk bilan to’sib qo’yish taqiqlanadi.
O’zbekiston Repsublikasi temir yo’llarida poezdlar harakati va manyovr ishlari bo’yicha Yo’riqnomaga