Maqsad: O’quvchilarga DTS talablari asosida bilim berish. Matn mazmuniga munosabat bildira olishga o’rgatish.
Ta’limiy: O’quvchilarni vatanimiz poytaxti Toshkent shahri bilan tanishtirish, shahardagi o’zgarishlar va yangiliklar haqidagi fikr mulohazalarini boyitish.
Tarbiyaviy:O’quvhilarni mehnat sevarlikka, jismoniy yetuk bo’lishga, ona vatanni asrab avaylashga o’rgatish
Rivojlanturivchi: O’quvchilarni og’zaki nutqini oshirish. Mustaqil fikrlashga o’rgatish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: .F.k.1. o‘qilgan matnlarning mazmunini tushuna oladi va mavzuga mos maqol va hikmatli so‘zlarni topa oladi;T.k.3. mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi sifatlarga ega bo‘lish;
Mashg`ulotning turi: Yangi bilim berish.
Mashg`ulot metodi:ko’rgazmalisuhbat, savol-javob, aqliy hujum.
Mashg`ulotning jihozi: mavzuga oid rasmlar, tarqatmalar.
Mashg`ulotning borishi. I. tashkiliy qism: a) salomlashish b) davomotni aniqlash c) ma’naviyat daqiqasini o’tkazish
“Yurtim bo’ylab sayohat.” mavzusida suhbat o’tkazish.d) ingliz tili daqiqasi: Ee [i:], Ff [ef], Gg [dzi:]
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.O’tgan mavzu asosida savol-javob o’tkazish. Ularni tinglash o’rtoqlari bergan savollarga javoblarini tinglash.
III. Yangi mavzuning bayoni. Toshkent – O’zbekiston poytaxti Matnni 3 qismga bo’lib ularning har biriga sarlavha topish. 1- qism: Toshkentimiz o’tmishi.
Uzoq o‘tmishda Toshkent bir qancha mamlakatlarni bir-biri bilan bog‘lagan. Toshkentdan “Buyuk Ipak yo‘li” deb atal- gan savdo karvon yo‘li o‘tgan. unga “Sharq darvozasi” nomi bejiz berilmagan. Ko‘plab taniqli sayyohlar, olimlar, yozuvchilar va shoirlar O‘zbekistonning bosh shahrini juda chiroyli ta’riflaganlar. Shuning uchun ham Toshkent “Do‘stlik shahri”, “Non shahri”, “Bog‘lar shahri”, “Osiyoning yuragi” nomlаri bilan mashhurdir.
2 – qism Poytaxtimizning tabiati va go’zal ko’rinishi.
Toshkent yam-yashil daraxtlarga bur- kangan so‘lim va fusunkor bog‘lari bilan odamlarni o‘ziga jalb qiladi. Shaharda juda ko‘plab madaniyat va istirohat bog‘lari mavjud. Toshkentliklarning sevimli maska- niga aylangan “ulug‘bek”, “G‘afur G‘ulom”, “Furqat”, “Zafar Diyor” kabi bog‘lardagi turli daraxtlar, gul-u chamanzorlar bahri- dilingizni ochadi.Poytaxtimizdagi muzeylarda tarixiy, ada- biy, musiqiy meroslarimiz avaylab saqlan- moqda. 3 –qism Toshkent metrosi.
Toshkent metrosi haqiqiy me’morchilik mo‘jizasi va yodgorligidir. Bugun poy- taxtimiz metrosi uzunligi 38 kilometrlik yerosti yo‘llari va 28 ta go‘zal bekatlardan iborat.Tog‘ etagida joylashgan Toshkentning atrofidan bir nechta tog‘ daryolari oqib o‘tadi. ushbu daryolar shaharliklarni Chimyon tog‘ining qorli cho‘qqilaridan oqib kelayotgan toza va muzday suv bilan ta’minlaydi.