48
foydalaniladilar;
operativ vaziyatdan kelib chiqqan holda nazorat, hisobot va qaror qabul qilishga
yo‘naltirilgan;
tashkilot ichidagi axborot oqimlari va mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga
asoslanadilar;
kam analitik imkoniyatlarga va noegiluvchan strukturaga ega.
Qa ro r la r q ab u l q il is hn i q o ‘ lla b -q u v va tl ov ch i t iz i ml a r
natijalarini
oldindan bashoratlash mushkul bo‘lgan qisman strukturalashtirilgan masalalar uchun
xizmat qiladilar. Ular o‘zlarining bir necha modellari bilan keng analitik
imkoniyatlarga egalar. Axborotlarni boshqaruv va operatsion bo‘g‘in axborot
tizimlaridan oladilar. Bunday tizimlardan qaror qabul qilish masalalari bilan
shug‘ullanuvchi menejerlar, mutaxassislar, analitiklar va boshqalar foydalanadilar.
Masalan, texnik jihoz va uskunalarni sotib olgan ma’qulmi yoki ijaraga olgan
ma’qulmi qabilidagi masalalar uchun qo‘l keladilar.
Qaror qabul qilishni qo‘llab-quvvatlovchi tizimlarning tavsiflari:
bashoratlash qiyin bo‘lgan muammolar yechimlarini olishni ta’minlaydilar;
modellashtirish va tahlil qilishning murakkab uskunaviy vositalari bilan
qurollanganlar, masalaning qo‘yilishiga va berilgan ma’lumotlar parametrlariga
o‘zgartirishlar kiritish asosida mos yechimlar olish imkoniyatini yaratib beradilar;
kun davomida turli xil sharoitlar bo‘yicha mos parametrlar asosida yechimlar
olish va qulaylikka ega bo‘lishilari bilan farqlanadilar;
maksimal darajada foydalanuvchi ehtiyojlariga javob beruvchi texnologiyalga
egadirlar.
Dostları ilə paylaş: