www.ziyouz.com kutubxonasi
247
gilamga tushdi. Quyosh gilamning Virjiniya yotgan joydagi qordek oppoq tuklarini qizdirdi va unda
go‘yo akslanib, xonani nurga to‘ldirib yubordi. Ko‘zlari biroz qamashgan Palmer o‘rnidan turib, bar
yoniga bordi. Uning yalang‘och badani quyosh haroratini tuya boshladi. U ilgari sira ham quyoshning
yorqin jilosidan jismonan lazzatlanmagandi. Quyosh nuri tanasidagi har bir tomir, har bir hujayraga
kirib borayotganga o‘xshardi. Jismoniy lazzat unga shunchalik hayratlanarli kuch va tiniqlik baxsh
etdiki, go‘yo qaytadan tug‘ilganday bo‘ldi. U ikkita stakanga ozginadan viski quydi va ikkalasini ham
Virjiniyaga olib keldi.
— Muzi yo‘q-ku? — ayol unga qarab ming‘irladi.
— Erindim.
Qo‘llarini yoyganicha chalqancha yotgan ayol o‘ta yengil harakat bilan yonboshiga ag‘darildi-yu,
Palmerning oyog‘idan qattiq tishlab oldi. U seskanib ketdi. Viski ayolning ko‘ksiga sachradi.
— Sovuq ekan! — chiyilladi ayol. — Sen kimsan — aytaymi? Qari xotinbozsan!
U stakanni biroz qiyshaytirdi. Ayolning qorniga yana bir necha tomchi viski tomdi.
— Yaramas, — ming‘irladi ayol. — Zo‘r viskini bekorga isrof qilyapsan.
U ayolning yoniga tiz cho‘kdi.
— Kel, viskini bekorga isrof qilmaylik.
Eshikka solingan kalit ovozini ikkalasi barobar eshitishdi.
Palmer o‘rnidan turdi. Uni ham zudlik bilan turg‘izdi. Ular yotoqxona eshigiga otilishdi. “Kiyimini
olishga ulgurdi”, e’tibor berdi Palmer. Va dahlizga qarab, eshik qiya ochilayotganini ko‘rdi. Yotoqxona
eshigiga nazar tashladi. Yopiq. Shoshilmasdan bar yoniga borib, stakanlarni qo‘ydi. Ayol divanda
buyumlaridan birini qoldirganini ko‘rdi. Gilamda viskidan qolgan kichkina dog‘ni ham payqadi. Va yana
dahlizga qaradi.
— Azizim, sen bankir sifatida yomon joylashmagansan.
Bernsning ingichka pastki lablari yasama hayrat bilan qiyshaydi. U ortidan eshikni yopdi. Eshik
temirga o‘xshab qattiq taraqlab yopildi.
Palmer Bernsning yo‘l chamadonini kiraverishga quyganini ko‘rdi. U o‘sha yerda yotgan
konvertlarga ko‘z tashladi. Keyin yana jilmaygancha Palmerga o‘girildi.
— Nega kiyinmayapsan? Ustingga biror narsa tashlab olmaysanmi?
Palmer bar yoniga bordi. Undagi stakandan birini olib, shoshilmasdan ichdi. Keyin:
— Shaharga qanday qilib shunchalik tez qaytding? — deb so‘radi qiziqish bilan.
— Mogavk aviayo‘nalishidagi samolyotlardan biri bilan Nyu-Yorkkacha. Vertolyotda G’arbiy
o‘ttizinchi ko‘chagacha. Bu yog‘iga taksida. Ikki soatda.
— G’aroyib zamonda yashaymiz — Palmer stakanni bo‘shatdi. — Viski ichasanmi?
Asta-sekin yurib, mehmonxonani ko‘zdan kechirayotgan Bernsga o‘girildi. Uning bug‘doyrang
sochlari quyosh nurida yaltirab turardi. U divanga engashib, qora siynabandni oldi va o‘lchami hamda
firma belgisini ko‘zdan kechira boshladi.
— O’ttiz olti daraja, — ming‘irladi u. — Ya’ni to‘la. — Uning serharakat og‘zida “men hamma bilan
totuv yashayman” deganga o‘xshash, xayrixohona tabassum zuhur bo‘ldi. U Palmerga qaradi: —
Vudi, bolajonim, qaddi-qomatingni qanday saqlashingga endi tushuna boshlayapman. Bir gramm ham
ortiqcha yog‘ yo‘q, to‘g‘rimi?
Palmer shu yerda, divan ustida yotgan kalta ishtonini olib, kiydi.
— U chiqib ketishi uchun oshxonaga kirib turolmaysanmi?
— Men uni ko‘rmagan bo‘lsam ham, Jinni deb taxmin qilsam bo‘ladimi?
— Birinchi raund, — Palmer maykasini kiya boshladi. — Shunday ekan, men unga siynabandini
beraman.
— Qimirla. Buni, hm, madad berish deyiladi.
— Ha. — Palmer yotoqxona eshigini taqillatdi. Eshik qiya ochildi . U siynabandni uzatdi.
— U sen borligingni biladi, — dedi u.
— Tushunarli. — Ayol eshikni yopdi.