Utabiatvajamiyatrivojlanishiqoidalarito‘G‘risidagimalumotlargaasoslanadio‘ziham
ijtimoiyfansifatidarivojlanganinsonningijtimoiykamolotigaxizmatqiladi. U falsafa,
tarix, iqtisod, psixologiya, etika va estetika bilogiya va madaniyatshunoslik,
Har bir o‘qituvchi-tarbiyachi va o‘quvchi o‘z ona yurti tarixini bilishi,
vatanparvar bo‘lishi lozim. Ta’lim-tarbiya tarixi, pedagogika tarixi fanidan
xabardor bulmay turib, o‘qituvchilik qilish mumkin emas.
O‘qituvchi o‘quvchilarga bilim berish, ma’lumotli qilish, tarbiyalash
maqsadida unga tizimli ta’sir ko‘rsatadi. Bunda psixologiya va ijtimoiy omillarga
asoslanadi. YA’ni ta’sirning samarasini bilish uchun o‘qituvchining sezgi, idroki,
tasavvur, diqqat va tafakkur-fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga
asoslanib ta’sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Ayniqsa, yosh davrlari
psixologiyasini o‘qituvchi chuqur bilishi talab etiladi. Buni yaxshi bilgan
o‘qituvchi esa har bir bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan
holda bolaga yondashadi va unga samarali ta’sir ko‘rsata oladi. Ma’lum ma’noda
o‘qituvchilarga xizmat qiladigan psixologiya turkumidagi fanlarni ham pedagogika
fanlari tizimida kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: