2.2. Badiiy matnda qo„llanilgan shevalarni mavzuiy guruhlarga
ajratish
Ma‘lumki, badiiy asarlardaturmush, umuman borliq, hayot keng qamrovda o‗z
badiiy, real ifodasini topdi. Shunga ko‗ra badiiy asarlarning til xususiyatlarini
o‗rganish, asar yozilgan davr tilini baholash, qahramonlar saviyasi, tili ularning
qanday maqomga ega ekanliklarini belgilash va nihoyat, yozuvchining badiiy
mahoratini ochib berish jihatdan ham juda muhimdir. Shunga qaramasdan,
o‗zbek tilshunosligida badiiy asarlarda mavjud bo‗lgan o‗ziga xos alohida
xususiyatlar, shevaga xos so‗zlarning badiiy asarda qo‗llanish jihatlari
maxsus tadqiq etilgan asarlar deyarli yo‗q.
Badiiy asar tilining boy va jozibador bo‗lishida dialektizmlarning o‗rni va
roli muhimdir. "Badiiy asar tilining ifodaliligi, qahramonlar nutqining
individuallashganligi ko‗p jihatdan o‗rinli va me'yorida qo‗llangan sheva
unsurlariga bog‘liq"
16
"Yozuvchilar o‗z asarlarida hayotning realistik tasvirini chizish, mahalliy
qoloritni berish, personajlar
nutqini
individuallashtirishda
yoki biron
tushunchaning shevadagi atamasi kitobxonga ahamiyatli bo‗lgan holatning
mahalliy belgisini bildirsagina dialektal so‗zlardan foydalanishi mumkin".
17
O‗zbek tili turkiy tillar ichida ko‗p shevali til bo‗lib, bu shevalar tabiiy,
adabiy tilni boyitishga xizmat qilgan. Yozuvchi va shoirlarning, jumladan,
Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Cho‗lpon, Tog‘ay Murod, Shukur
Xolmirzayev, Mirzakalon Ismoiliy, O‗tlir Hoshimov, O‗lmas Umarbekov,
Tohir Malik, Xudoyberdi To‗xtaboyev, Ulug‘bek Hamdam, Normurod
Norqobilov, Murod Mansur kabi bir qator ijodkorlar o‗z asarlarini yozishda
15
Маҳмудов Н. Ўша асар, 132-б.
16
Йўлдошев М. Чўлпон сўзининг сирлари. Т., Маънавият, 2002. Б. 29.
17
Шомақсудов А. ва бошқ. Ўзбек тили стилистикаси. Т., Ўқитувчи, 1983. Б. 57.
50
shevalardan ham ma‘lum maqsad uchun o‗rinli foydalanganligini ko‗rishimiz
mumkin.
Xususan, Tog‘ay Murod o‗z asarlarida shevaga xos so‗zlardan keng va
unumli foydalanganligini ko‗rishimiz mumkin. Zero, yozuvchi asarlarining eng
birinchi ko‗zga tashlanadigan xususiyati ham sheva elementlari orqali badiiy
jozibadorlilikka erishilganligidir. "Dehqonqul nutqi Surxon vohasi lahjasi
libosini kiyib o‗quvchi qulog‘iga ajabtovur eshitiladi"
18
. Darhaqiqat, Tog‘ay
Murod asarlarida, asosan, Surxondaryo shevasiga xos fonetik, leksik va
grammatik xususiyatlar obrazlilikni ta'minlab, jozibadorlilik va uslubiy rang-
baranglikni vujudga keltirgan.
Shu bilan birga Shukur Xolmirzayev ijodida ham shevaga xos
so‗zlar alohida o‗rin egallashini ko‗rishimiz mumkin. Bular qatoriga yana
ko‗p ijodkorlarni qo‗shish mumkin. Lekin bizning bitiruv malakaviy
ishimizdagi asosiy maqsadimiz badiiy matnda qo‗llanilgan shevaga xos
so‗zlarni mavzuiy guruhlarga ajratishdir.
O‗zbek shevalarida dialektal so‗zlarning fonetik, morfologik, leksik
morfologik, semantik tiplari uchraydi. Biz yuqorida uning bir necha turi
bilan qisqacha tanishib o‗tdik. Quyida biz shevaga xos so‗zlarni semantik,
ya‘ni mavzuiy guruhlarga ajratamiz.
Dialektal so‗zlarning semantik guruhlari juda ko‗p bo‗lib, ulardan
ayrimlarini keltirib o‗tamiz.
Dostları ilə paylaş: |