O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi qarshi davlat universiteti o„zbek tilshunosligi kafedrasi


Yozma nutq ko‘nikmalarini takomillashtirish



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/30
tarix31.12.2021
ölçüsü0,84 Mb.
#112074
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
verbal va noverbal muloqot

Yozma nutq ko‘nikmalarini takomillashtirish 

 Insonlar  yozma  nutqni  og‗zaki  nutqqa  nisbatan  kam  ishlatishadi.  Ammo  elektron 

pochtaning hayotimizga kirib kelishi bilan yozma muloqotning ahamiyati juda oshdi.  

Ish  beruvchilar  bo‗sh  ish  o‗rinlariga  tanlab  olinayotgan  nomzodlarning  o‗z  fikrlarini 

qog‗ozda bayon etish savodxonligiga katta e‘tibor berishmoqda. Agar ishga kirayotganingizda 

sizga anketa to‗ldirishni iltimos qilishsa, bu ish beruvchi sizning savodxonligingizni tekshirib 

ko‗rmoqchi ekanligini bildiradi. 

Har  qanday  yozma  ma‘lumot  yoki  xabar  og‗zaki  ma‘lumot  yoki  xabardan  bir  karra 

afzalligi  shubxasizdir.  Uni  yozayotgan  vaqtda  o‗ylab  yozish  imkoniyati  bo‗lib,  o‗z 

fikrlaringizni tartibga keltirib olish va zarurat tug‗ilganda qayta ko‗chirish imkoniyatiga ega 

bo‗lasiz.  Ammo  yozma  muloqotning  ikkita  nuqsoni  (aybi,  kamchiligi)  borligini  ham  e‘tirof 

etish kerak. Birinchidan, yozma xabarda siz o‗z xis-tuyg‗ularingizni intonatsiya va turli xatti-

harakat(jest)lar orqali ifoda eta olmaysiz. Ikkinchidan esa,  siz xabaringizni o‗qiyotgan odam 

bilan  oniy (bir lahzali) aloqadan mahrum bo‗lasiz. Birinchi nuqsonga barham berish uchun 

siz o‗z xabaringizga emotsional buyoq berishingizning o‗zi kifoya. Bu borada sizga og‗zaki 

muloqotda  bo‗lgani  kabi  so‗z  boyligi  yaxshi  yordam  beradi.  Ikkinchi  muammo  esa  siz 

murojaat  qilayotgan  shaxsning  ma‘lumot  darajasi,  qiziqishi  va  so‗z  boyligi  ma‘lum  bo‗lsa, 

oson xal bo‗ladi. Qisqa, oddiy til bilan yozilgan xabar, odatda, oson tushunarli bo‗ladi.  




Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin