Yuridik kollejlari



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

Yodda tuting! 
 
Ma'muriy  organ    —  ma'muriy-huquqiy  faoliyat  sohasida  ma'muriy 
boshqaruv  vakolati  berilgan  organlari,  fuqarolarning  o'zini  o'zi  boshqarish 
organlari,  shuningdek  ushbu  faoliyatni  amalga  oshirishga  vakolatli  bo'lgan 
boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalardir. 
 
Ma`muriy 
huquq 
subyektlari  
 
Jismoniy 
shaxs 
 
 
Yuridik 
shaxs 
 
 
Ma`muriy 
organ 
 
 
 
Boshqa  
organlar  
 
 
Davlat  
xizmatchilari 


13
 
Ma’muriy  organlar  tushunchasi  2018  yilga  qadar  ma’muriy 
huquqqa  doir  qonunchilikda  mavjud  bo’lmagan.  Ushbu  atama 
“Ma’muriy  tartib-taomillar  to’g’risida”gi  Qonunda  alohida  ajratib 
ko’rsatildi.  Bunga  qadar  esa  ma’muriy  huquqiy  munosabatlarda  bir 
tarafda albatta davlat boshqaruvi organining ishtirok etishi aytib o’tilar 
edi.  Davlat  boshqaruvi  organlari  esa  ijro  hokimiyatiga  mansub, 
faoliyati  qonunosti  xarakteriga  ega  hamda  ijro  va  farmoyish  berish 
faoliyati,  ya’ni  davlat  boshqaruvini  amalga  oshirishga  qaratilgan 
davlat  organlarining  tizimidir.  Bular  O’zbekiston  Respublikasining 
Vazirlar  Mahkamasi,  vazirliklar,  davlat  qo’mitalari,  qo’mitalar, 
agentliklar,  inspeksiyalar  va  markazlar,  shuningdek  mahalliy  ijro 
hokimiyati organlarini qamrab oladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
4-sxema 
 
Endilikda  ma’muriy  huquqiy  munosabatlarda  davlat  boshqaruvi 
organlari  o’rnini  ma’muriy  organlar  egallagan.  Ma’muriy  organlar 
doirasi  esa  davlat  boshqaruvi  organlaridan  kengdir.  Ya’ni,  ma’muriy 
organlar  nafaqat  davlat  boshqaruvi  organlarini,  balki  ma’muriy-
boshqaruv  vakolati  berilgan  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish 
organlari, boshqa tashkilotlar va maxsus tuzilgan komissiyalarni ham 
qamrab oladi. Soddaroq qilib aytganda, har qanday davlat boshqaruvi 
organi  ma’muriy  organ  hisoblansa-da,  har  qanday  ma’muriy  organ 
ham davlat boshqaruvi organi hisoblanmaydi. 
 
 
 
 
 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin