Yuridik kollejlari



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

MA`MURIY ORGANLAR 
DAVLAT 
BOSHQARUV 
ORGANLARI 
MAHALLIY IJRO 
ORGANLARI 
 
FUQAROLARNING 
O`ZINI O`ZI 
BOSHQARISH 
ORGANLARI 
BOSHQA  
TASHKILOT VA 
KOMISSIYALAR 


15
 
sonining  yanada  ko’payishi  ehtimoli  mavjud.  Demak,  avvallari 
ma’muriy  huquqiy  munosabatlarda  faqatgina  davlat  boshqaruvi 
organlarining  majburiy  ishtiroki  talab  etilsa,  endilikda  ma’muriy 
organlarning ishtiroki talab etiladi. 
Ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo’lgan 
boshqa  tashkilotlar  va  maxsus  tuzilgan  komissiyalar  ham  mavjuddir. 
Bunga  ko’plab  misollarni  keltirish  mumkin.  Masalan,  oliy  ta’lim 
muassasasi  bitiruvchilarga  diplom  beradi.  Bunga  attestatsiya 
komissiyasining  qarori  asos  bo’ladi.  Аttestatsiya  komissiyasi 
ma’muriy organ vazifasini bajaradi.  
Yuqoridagi  tushunchada  ma’muriy-huquqiy  faoliyat  so’zlari 
ishlatilmoqda.  Ma’muriy-huquqiy  faoliyat  deganda  ayrim  jismoniy 
yoki  yuridik  shaxslarga  yoxud  muayyan  xususiy  belgilarga  ko’ra 
ajratiladigan shaxslar guruhiga ta’sir ko’rsatuvchi boshqaruv faoliyati 
tushuniladi.  Ya’ni,  ta’sir  ko’rsatuvchi  boshqaruv  faoliyati  ma’muriy 
hujjatlarni  qabul  qilishni  anglatadi.  Ya’ni,  ma’muriy  organlar 
ma’muriy  hujjatlarni  qabul  qilish  orqali  fuqarolar  va  yuridik 
shaxslarga ta’sir ko’rsatadi.  
Soddaroq  qilib  aytganda,  ma’muriy-huquqiy  faoliyat  ma’muriy 
organlarning  jismoniy  va  yuridik  shaxslar  bilan  tashqi  munosabatga 
kirishishda  aks  etadigan  faoliyatdir.  Ma’muriy-huquqiy  faoliyat  –  bu 
ma’muriy  organlar  tomonidan  xususiy  shaxslar,  ya’ni  jismoniy  va 
yuridik  shaxslarga  tegishli  ma’muriy  ishlarni  ko’rib  chiqib  hal  etish, 
ular  yuzasidan  ma’muriy  hujjatlarni  qabul  qilishda  amalga 
oshiriladigan chora-tadbirlar tizimidir.  
Muayyan  davlat  organi  yoki  tashkilotga  aynan  ma’muriy-
boshqaruv  vakolatining  berilishi  hamda  uning  ta’sirida  jismoniy  va 
yuridik  shaxslar  bilan  munosabatlarga  kirisha  olish  mazkur  davlat 
organi  yoki  tashkilotning  ma’muriy  organ  maqomiga  erishishga  olib 
keladi. Ya’ni, ma’muriy-huquqiy faoliyat bilan shug’ullanish hamda u 
bilan  bog’liq  ma’muriy-boshqaruv  vakolati  berilmagan  bironta 
tashkilotni ma’muriy organ deb atab bo’lmaydi. 

 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin