Mazkur holatga huquqiy baho bering. 2-masala 2015-yil may oyida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
rahbariyati Janubiy Koreyaning Inxa universiteti bilan o’zaro
hamkorlik doirasida ushbu universitetning professori Janubiy Koreya
fuqarosi Min Songni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida
olti oy mobaynida ma’ruza mashg’ulotlarini olib borishga jalb etdi.
TАTU rektori professorni Toshkent shahrida turgan joyi bo’yicha
ro’yxatdan o’tkazish masalalariga shaxsan o’zi mas’ul ekanligini
ta’kidlab, ichki ishlar organiga bormaslikni ta’kidlab o’tdi.
Professor Min Song O’zbekistonga kelib Toshkent axborot
texnologiyalari universitetida pedagogik faoliyatini boshlaganidan bir
oy o’tgach, Аndijon davlat universiteti rahbariyatidan ham
universitetda ma’ruza o’qish bo’yicha taklif tushdi. Professor Min
Song bunga rozi bo’lib haftani har seshanba kuni Аndijonga borishni
rejalashtirdi.
2015-yilning 15-avgust kuni Toshkentdan Аndijonga o’zining
O’zbekistonda sotib olgan mashinasida yo’lga chiqdi. Professor Min
Song ichki bojxona postidan o’tayotganda “pasport nazorati” amalga
oshirildi. Tekshiruv natijasida Min Song tomonidan pasport tizimi
qonunchiligi buzilgani va O’zbekiston Respublikasi hududida
ruxsatnomasiz mehnat faoliyatini amalga oshirilganligi aniqlandi.
Professor ushbu masalada TАTU rektoriga murojaat qilishi
lozimligini aytib o’tdi. Lekin, professorning bu talabi inobatga
olinmadi va uni ish beruvchi mablag’lari hisobidan O’zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi organlari tomonidan O’zbekiston
Respublikasidan chiqarib yuborish talabi qo’yildi. Bundan norozi
bo’lgan professor Min Song sudga shikoyat qildi.