Yuridik kollejlari


Ma’muriy-huquqiy shakllarning qanday turlari mavjud?



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

Ma’muriy-huquqiy shakllarning qanday turlari mavjud? 
Davlat  boshqaruvi  faoliyatining  tashqi  ko’rinishlari  turli  xil 
bo’lganligi sababli uni har xil asoslarga ko’ra tasniflash mumkin. 
Boshqaruv  faoliyatining  (boshqaruv  harakatlarining)  asosiy  ikki 
shaklini ko’rsatib o’tish mumkin: 
Ma'muriy-huquqiy  shakl-  amaldagi  huquq  normalari  asosida  qabul  qilingan 
boshqaruv akti yoki yuridik ahamiyatga ega bo'lgan harakatdir. 


20 
1) boshqaruv  faoliyatining  (boshqaruv  harakatlarining)  huquqiy 
shakllari, ya’ni ma’lum bir yuridik mazmunga ega bo’lgan va yuridik 
oqibatlarni keltirib chiqaradigan  shakllar.  Mazkur shakllar boshqaruv 
organlari  faoliyatining  asosiy  shakllari  bo’lib,  davlat  vazifa  va 
funksiyalarini  maqsadga  muvofiq  va  samarali  amalga  oshirilishini 
ta’minlaydi.  Huquqiy  shakllar  o’z  navbatida  bir  necha  turlarga 
bo’linadi: 
  huquqiy (normativ va individual) aktlarni qabul qilish; 
  ma’muriy huquqiy shartnomalarni tuzish; 
  yuridik ahamiyatli boshqa harakatlarni amalga oshirish; 
2) boshqaruv faoliyatining (boshqaruv harakatlarining) nohuquqiy 
shakllari,  ya’ni  boshqaruvning  huquqiy  shakllariga  asoslanuvchi  va 
ularning amalga oshirilishiga xizmat qiluvchi shakllar bo’lib, tashkiliy 
va moddiy-texnik tadbirlar orqali namoyon bo’ladi. 
 

 Boshqaruvning huquqiy aktlari deganda nima tushuniladi? 
Ma’muriy  huquq  nazariyasida  boshqaruv  huquqiy  akti  instituti 
alohida ahamiyatga ega bo’lib, uning doirasida davlat boshqaruvining 
eng muhim funksiyalari amalga oshiriladi. Tegishli davlat organlari va 
mansabdor  shaxslarning  qarorlari  va  harakatlari  qoida  bo’yicha 
normativ  yoki  normativ  bo’lmagan  huquqiy  aktlar  ko’rinishida 
rasmiylashtiriladi. 
Boshqaruvning huquqiy aktlari ommaviy boshqaruv oldida turgan 
maqsad va vazifalarga erishish uchun boshqaruv harakatlarini amalga 
oshirishning muhim huquqiy shakli sifatida namoyon bo’ladi. 
Yodda tuting! 
 
Boshqaruv  akti  bu  boshqaruv  qarorlarining  huquqiy  ko’rinishi 
bo’lib, ma’muriy huquqning tegishli subyekti (ijro hokimiyati organi, 
korxona  va  muassasa  ma’muriyati,  mansabdor  shaxs)  tomonidan  bir 
tomonlama tartibda erkni ifodalash aktidir; qonunchilikda ko’rsatilgan 
shaklga  ega  bo’lgan  va  ijro  hokimiyati  sohasida  vazifa  va 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin