Yuridik kollejlari



Yüklə 1,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/156
tarix31.12.2021
ölçüsü1,86 Mb.
#112873
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   156
Darslik Mamuriy huquq 25.08.2020

Yodda tuting! 
Davlat  boshqaruvi  usuli  ma'muriy  huquq  har  qanday  sub'ektining  emas,  balki  ma'lum 
bir  sohada  boshqaruvni  (ijro  hokimiyatini)  amalga  oshirish  vakolatiga  ega  bo'lgan 
sub'ektning  funksiyasi  hisoblanadi.  Boshqaruv  usuli  davlat  boshqaruvi  faoliyatining 
maqsadlariga  erishish,  vazifalarini  bajarish  va  funksiyalarini  amalga  oshirish  uchun 
foydalaniladigan huquqiy vositalar hisoblanadi. 


24 

 Davlat boshqaruvi usullarining qanday turlari bor? 
Yuridik  adabiyotlarda  davlat  boshqaruvi  tizimidagi  ta’sir 
ko’rsatishning ikki asosiy (universal) usuli: ishontirish va majburlash 
usullari  ko’rib  chiqiladi.  Аmaliyotda  bu  usullar  turli  ko’rinishlarda 
namoyon bo’ladi. 
 
 
 
 
 
 
6-sxema 
Ishontirish  boshqaruv  usuli  sifatida,  tushuntirish,  tarbiyalash, 
rag’batlantirish va boshqa axloqiy ahamiyatga ega bo’lgan choralarni 
amalga  oshirish  orqali  isonlarga  ta’sir  ko’rsatish  hisoblanadi. 
Rag’batlantirish,  masalan,  davlat  boshqaruvi  sohasida  ijro 
hokimiyatining fuqarolar, yuridik shaxslar, huquqiy munosabatlar turli 
subyektlari  bilan  bo’ladigan  o’zaro  munosabatlarida  qonuniylik  va 
intizomni ta’minlashga xizmat qiladi. 
Boshqaruvning  maqsad  va  vazifalariga  erishish  majburlash 
xususiyatidagi  choralar  yordamida  ham  ta’minlanishi  mumkin.  Bu 
holatda  boshqaruv  obyekti  normativ  huquqiy  aktlarda  ko’rsatib 
o’tilgan tartibda harakat qilishga majbur bo’ladi.  
Аgar  shaxslarning  harakati  huquqiy  aktlarning  talablariga  mos 
kelmasa,  davlat,  uning  organlari  va  mansabdor  shaxslar  majburlov 
choralarini qo’llash huquqiga ega bo’ladi. Ba’zi vaqtlarda bu choralar 
huquqiy  tartibotni,  jamoat  tartibini,  harakatlarni  amalga  oshirishning 
o’rnatilgan tartibini ta’minlovchi choralar sifatida namoyon bo’ladi.  
Аyrim hollarda esa majburlov choralari huquqbuzarlikni (nojo’ya 
xatti-harakatni)  sodir  etgan  shaxsni  jazolashga  qaratilgan  bo’ladi.  Bu 
intizomiy,  moddiy,  ma’muriy  yoki  jinoiy  xususiyatdagi  choralar 
sifatida namoyon bo’ladi.  
Majburlov choralari shaxsning qonunga xilof xulqini cheklashga, 
shuningdek  turli  ijtimoiy  munosabatlardagi  qonuniy  tartibni  qayta 
tiklashga qaratiladi. 
 

Yüklə 1,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   156




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin