boshqaruvchi davlat organlari tizimi va ularning vazifalari qanday? O’zbekiston Respublikasida mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish sohasida davlat boshqaruvi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Vazirlik 2017-yil 24-
mayda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
2
bilan mehnatni rag’batlantirish va manfaatdorlikni oshirish
sohasida
boshqaruvni
tashkil
etish
darajasini
oshirish
va
takomillashtirish, aholini ish bilan oqilona ta’minlash, ijtimoiy
ta’minot tizimini yaxshilash, erkinlashtirish va iqtisodiy islohotlarni
tobora chuqurlashtirish sharoitida ijtimoiy muhofaza qilishni
kuchaytirish, shu asosda aholining farovonligi barqaror yuksalib
borishini ta’minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Mehnat
vazirligi negizida tashkil qilingan.