tasavvurlarning o‘rnini bosish uchun xizmat qiladi. Ushbu belgilarning asosiy
vazifasi ma’lum bir xabarni to‘plash, saqlash, yetkazish, ya’ni insonlar o‘rtasida
aloqa vositasi bo‘lishdir. Shu bois ularni kommunikativ-informativ belgilar deb
Sun’iy belgilar grafik, tovushli va harakatli bo‘lishi mumkin. Jumladan,
yo‘l harakati belgilarini grafik, signallarni tovushli, qushlar va hashoratlarning
ma’lum yo‘nalishlarda uchishi, imo-ishora, mimikalar harakatli belgilar sifatida
muayyan ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ayrim turlarga
moslashtirilgan Morze, Brayze alifbolarini ham misol sifatida keltirish mumkin.
Til ham muayyan belgilar sistemasi hisoblanadi va ma’no, tushuncha, fikr
kabilarning ramziy belgisi bo‘lib keladi va jamiyatda mavjud boshqa belgilar bilan
umumiylikka, o‘xshashlikka ega. Shu bois tilshunoslik va semiotika fanlari ham
o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning o‘zaro munosabatidan tilni belgilar sistemasi
sifatida o‘rganadigan lingvosemiotika fani ham yuzaga kelgan. U tildagi belgilar
tizimini boshqa nolisoniy belgilar va ramzlar bilan qiyoslab o‘rganadi
(ramzlarning obrazliligi (masalan, qo‘l berish – do‘stlik belgisi), signallarning bir
tomonlamaligi (masalan, trevoga signali).
Demak, jamiyatda belgilarning turli xillari mavjud bo‘lib, ularning har biri:
Dostları ilə paylaş: