generativ lingvistikani yuzaga kelishiga olib keldi. Shuningdek, tilshunoslikdagi
variantlilik nazariyasi, invariat atamasi, tilshunoslikda keng qo‘llanayotgan
statistik metodlar matematika ta’sirida vujudga kelgan bo‘lib, ular EHM
yordamida turli tillarga tarjima matnlarini, lug‘atlarini yaratish, chastotali lug‘atlar
tuzish, matnni muayyan tartibga solish kabi amaliy vazifalarni bajarishda
nihoyatda katta ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda.
Asosiy tushunchalar:
Lingvopoetika – lingvistik birliklarning badiiy-estetik vazifalari, tilning
konnotativ funksiyasini o‘rganadi.
Psixolingvistika – insonlarning bir-biriga axborot berish va bir-biridan
axborot qabul qilish jarayonini o‘rganuvchi yo‘nalishi.
Etnolingvistika - grekcha “etnos“ xalq, qabila so‘zlaridan olingan bo‘lib, til
amaliyoti va rivojlanishida etnomadaniyat, etnopsixologik omillarni o‘rganish.
Matematik lingvistika - til birliklarini matematik tavsiflash usullarini ishlab
chiqish va o‘rganish bilan shug‘ullanadigan fan.
Sotsiolingvistika - tilshunoslikning tilning ijtimoiy mohiyati va vazifasi, tilga
sotsial omillarning ta’siri kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi yo‘nalishi.
Mentalingvistika -tilshunoslikning til va tafakkur munosabatini o‘rganadigan
yo‘nalishi.
Neyrolingvistika - nutqiy faoliyatni bosh miya mahsuli sifatida o‘rganuvchi
tarmog‘i.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. – М. : МГУ, 1975.
2. Фердинанд де Соссюр. Труды по языкознанию. –М., 1977.
3. Рождественский Ю.В. Типология слова. – М., 1969.
4. Кодухов В.И. Общее языкознание. – М., 2010.
5. Амирова Т., Олховиков Б.А., Рождественский Ю.В. Очерки по истории
лингвистики. –М., 1975.
6. Irisqulov M.T. Tilshunoslikka kirish. –T., 2009.
7. Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. –T., 1972.
8. Baskakov N.A. va boshqalar. Umumiy tilshunoslik. –Toshkent, O‘qituvchi,
1979.
9. Bo‘ronov J.B. Ingliz va o‘zbek tillari qiyosiy grammatikasi. –T., 1973.