O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Bemorlar va bakteriya tashuvchilarni aniqlash va ro’yxatga olishga



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə145/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

Bemorlar va bakteriya tashuvchilarni aniqlash va ro’yxatga olishga 
qaratilgan chora-tadbirlar. O’choqda o’tkaziladigan epidemiyaga qarshi 
chora-tadbirlar 
Bemorlarni aniqlash uchun quyidagilarni bakteriologik tekshiruvdan o’tkazish 
kerak: 
- etiologiyasi noma’lum O’IYUK bilan kasallangan barcha bemorlar. 
- "Salmonellyoz", "ovqatdan zaharlanish" diagnozi qo’yilgan bemorlar. 
-  Oxirgi  3  hafta  mobaynida  ichak  buzilishi  bilan  shifoxonaga  yotqizilgan 
bolalar va ularga qaraydigan shaxslar kamida 3 kun davomida tekshiriladi. 
Tana harorati ko’tarilganda alohida xonaga qo’yiladi, infeksionist tomonidan 
tekshiriladi va yuqumli kasalliklar bo’limiga o’tkaziladi. 
Bakteriya  tashuvchilarni  aniqlash  uchun  profilaktik  maqsadda  quyidagilar 
bakteriologik  tekshiriladi:  bolalarni,  davolash  muassasalarini,  oziq-ovqat  sanoati, 
umumiy  ovqatlanish  va  sotuv  korxonalarida,  suv  bilan  ta’minlash  korxonalariga 
birinchi  marta  ishga  kiruvchi  shaxslar  va  ularga  tenglashtirilgan  kontingentlar 
tekshiriladi. 
Epidemiologik ko’rsatmalar bo’yicha quyidagi shaxslar tekshiriladi. 


 
141 
-  infeksiya  manbai  sifatida  taxmin  qilingan  oziq-ovqat  korxonalarida 
ishlaydigan shaxslar va ularga tenglashtirilgan kontingentlar; 
- salmonellyoz o’chog’ida bemor bilan muloqotda bo’lgan shaxslar. 
Oziq-ovqat korxonasi xodimlari shifoxonadan klinik sog’aygandan va najasi 3 
marotaba bakteriologik tekshirilgandan so’ng javob beriladi. 
Birinchi tekshiruv davolash kursi tugagach 3 kun o’tgandan so’ng, keyingilari 
1 kun oraliq bilan olib boriladi. 
Shifoxonadan  javob  berilgandan  so’ng  salmonella  ajratmaydigan  shaxslarga 
ishlashga  ruxsat  beriladi.  Salmonellalarni  ajratishni  davom  ettirayotgan  shaxslar 
boshqatdan  davolanadi  va  ularni  3  marta  bakteriologik  tekshiruvdan  o’tishlari 
shart.  Salmonellalarni  ajratayotgan  shaxslarni  shifoxonadan  javob  berilgandan 
so’ng 15 kunga ishdan chetlashtiriladi va epidemiologik jihatdan xavfli bo’lmagan 
ishga joylashtiriladi, bu davrda 3 marotaba najasini tekshirishdan o’tkaziladi. Agar 
yana  natija  musbat  (+)  bo’lsa,  tekshirish  shu  tartibda  15  kun  davomida 
takrorlanadi. 
Agar S. typhimurium  taShuvchanligi 3 oydan ko’pligi aniqlansa, bu shaxslar 
salmonellalarni  surunkali  tashuvchi  sifatida  o’z  ishlaridan  kamida  1  yilga 
chetlashtiriladi. 
1 yildan so’ng ularning najasi 3 marta va 1 marta o’t suyuqligi tekshiriladi, bu 
shaxslarda tekshirish natijalari manfiy (-) chiqsa, o’z ishlariga qo’yiladi. Bir yildan 
so’ng tekshirish davomida 1 marotaba musbat natija chiqsa, bu shaxslar surunkali 
tashuvchi  sifatida  o’z  ishlaridan  chetlashtiriladi.  Ular  yashash  joylari  DSENMida 
hisobga olinishi kerak. 
Salmonella  ajratuvchi  yasliga  qatnaydigan  bolalar  shifoxonadan  javob 
berilgandan so’ng 15 kun davomida jamoaga qo’yilmaydilar (3 ma-rotaba 1-2 kun 
oraliq  bilan  najasi  tekshiriladi),  agar  Shu  davr  oralig’ida  qo’zg’atuvchi  ajralib 
chiqsa,  nazorat  muddati  yana  15  kunga  uzaytiriladi.  Surunkali    tashuvchi  bolalar 
yasliga qo’yilmaydilar. 
Salmonella  tifimuriumni  antibiotiklarga  chidamli  bo’lgan  shtammini 
tashuvchi  bolalar  maktabgacha  bo’lgan  bolalar  muassasasiga  qo’yilmaydi. 
Maktablarga  va  maktab-internatlarga  qatnovchi  bolalarga  tashuvchilik  diagnozi 
qo’yilsa jamoaga qo’yiladi, lekin oshxonadagi navbatchilikdan ozod qilinadi. Agar 
aniqlangan  tashuvchilar  oziq-ovqat  korxonalari  va  unga  tenglashtirilgan 
korxonalarda  ishlasalar,  tashuvchilikni  tabiatini  aniqlash  uchun  qo’shimcha 
tekshiruv  o’tkaziladi.  Ular  2  hafta  davomida  5  marotaba  najasi  bakteriologik 
tekshiriladi, 2 marotaba RPGA (TGAR) bilan tekshiriladi. Agar ushbu shaxslarga 
surunkali  bakteriya  tashuvchilik  diagnozi  qo’yilsa,  ularga  yuqorida  ko’rsatilgan 
chora-tadbirlar olib boriladi. 
Agar  "tranzitor  tashuvchilik"  diagnozi  laboratoriya  va  klinik  tekshiruvlarni 
hisobga  olib  qo’yilgan  bo’lsa,  bu  shaxslar  o’z  ishlariga  qo’shimcha 
tekshirilmasdan qo’yilishi mumkin. 
 
 
 


 
142 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin