O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə204/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

 
Axborot uchun ma’lumot 
 
Meningokokkli yoki epidemik serebrospinal meningit havo-tomchi yo’li bilan 
yuqib,  miya  yumshoq  qavatlarining  yiringli  yallig’lanishi bilan  kechadigan  o’tkir 
yuqumli kasallikdir. 
Epidemik  serebrospinal  meningitning  qo’zg’atuvchisi  bo’lib  meningokokk 
(Neisseria  meningitidis),  ya’ni  gramm  manfiy  diplokokk  hisoblanadi. 
Meningokokk  tashqi  muhitga  chidamlidir.  U  bemor  ajratmalari  bilan  ifloslangan 
buyumlarda  bir  necha  soat  ichida,  dezinfeksiyalovchi  moddalar  ta’sirida  esa  bir 
necha  daqiqada  nobud  bo’ladi.  56°S  haroratda  5-10  daqiqada  halok  bo’ladi. 


 
186 
Meningokokkning A, V, S va D serologik turlari farqlanadi. Bizda asosan A va V 
tipi ko’proq uchraydi. 
Meningokokklar  odam  organizmiga  yuqori  nafas  yo’llari  orqali  tushadi  va 
burun-halqum  shilliq  qavatining  yuza  qatlamlarida  rivojlanadi.  Bu  esa  burun-
halqumning  kataral  yallig’lanishi  bilan  kechadi  (nazofaringit).  U  yerda 
meningokokklar  qonga  o’tib,  natijada  meningokokksemiya  yuzaga  keladi.  Qon 
orqali  ular  miyaning  yumshoq  qavatlariga  cho’kib,  u  yerda  o’tkir  yiringli 
leptomeningit  chaqiradi.  Ko’proq  artritlar,  endokarditlar  va  ko’p  sonli  serroz 
qavatlarning shikastlanishi yuzaga kelishi mumkin. 
Meningokokk infeksiyaning quyidagi klinik ko’rinishlari mavjud: 
- o’tkir yiringli (ba’zan serozli) serebrospinal leptomeningit; 
- meningokokkli sepsis; 
- kataral nazofaringit; 
- belgisiz infeksiya. 
Belgisiz  infeksiya  va  payqalmas  shaklli  turlari  ko’proq  (nazofaringit) 
uchraydi. Inkubatsion davri o’rtacha 2-3 kunga teng, ayrim hollarda esa bir necha 
soatdan  7  kungacha  cho’zilishi  mumkin.  Kasallikdan  keyin  bir  umrga  immunitet 
paydo bo’ladi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   200   201   202   203   204   205   206   207   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin