3. Pedagogik konfliktlarning hal etish etish yo’llari.
aloqalarning doimiy jarayonidan iboratdir. Albatta, bu jarayonda ikki sub’ekt
o’rtasidagi munosabatlarni ijobiy shakl doirasidan chetga chiqish holatlari ham
keskinlashuvi natijasi sifatida юzagi keluvchi muamoli vaziyatdir. Pedagogik
Pedagogik jarayonning muhim ishtirokchisi talaba bo’lib, ular orasidagi
aksar konfliktlar kichik guruhlarda liderlikka intilish natijasida namoyon bo’ladi.
Bunda shahslararo konflikt qoloq lider va guruhda e’tibor qozonayotgan ikkinchi
lider o’rtasida vujudga kelishi kuzatiladi. Konfliktli vaziyat guruhdagi ikki lider
o’rtasida vujudga kelib, ular konfliktga nafaqat o’zlarini, balki tarafdorlarini ham
tortishi mumkin. Bu esa konfliktik eskalyatsiyani, ya’ni uni miqyosini
kengayishiga sabab bo’ladi. Ayrim hollarda ikki lider o’rtasidagi kofliktga
tortilgan tarafdorlar hududiy manfaatlar doirasida юzaga kelsa, shahslararo
konfliktning ko’lami etnik yoki hududiy mojarolar darajasigacha ko’tarilishi
mumkin. SHuningdek, qizlar va yigitlar orasidagi shahslararo konfliktlar salbiy
hislatlarni namoyon qilishda hamda quyi bosqich talabalariga nisbatan qo’pol
muamomilada bo’lish natijasida ham vujudga kelishi mumkin.
Pedagogik jarayonni asosiy boshqaruvchisi o’qituvchi bo’lib, tizim doirasida
faoliyatni amalga oshirishda talaba, ya’ni sub’ekt bilan aloqada konfliktli muhitlar
юzaga kelishi mumkin. O’qituvchi va talaba o’rtasidagi shahslararo konfliktlar
юqori bosqich talabalari bilan ko’proq sodir bo’ladi.
Pedagogik konfliktlar namoyon bo’lish darajasiga qarab shahslararo va
guruhli konfliktlarga bo’linadi. Bu konfliktlarni batraraf etishda samarali uslublarni
ishlatgan holda muammo echimiga kelish mumkin. Jumladan, shahslararo
konfliktli muhitda pedagogik choralar sifatida suhbat, tushuntirish, shahslararo
munosabat madaniyati haqida tushuncha berish, psihologik ta’sir, egoizm va
agressiv holatdan voz kechish hisobiga shakllanadigan muhit haqida tushuntirish;
ma’muriy choralar: tizimda o’zgarish qilish, konflikt ishtirokchilarini turli
guruhlarga tarqatib юborish, o’quv jarayonini vaqtini o’zgartirish va boshqalarni,
guruhlararo konfliktli muhitda guruhni o’zaro munosabatlarini tahlil qilish
(liderlikka bo’lgan intilish, ijtimoiy tenglikni), konfliktning yashirin alomatlarini
topish va guruhdagi me’yorlarni buzilishini aniqlashlozim.
Dostları ilə paylaş: