Qarshi davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 1,11 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/148
tarix23.02.2022
ölçüsü1,11 Mb.
#114648
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   148
2 5237912101523035255

Konfutsiy o’zining pedagogik faoliyatida tajribaga alohida e'tibor berdi. Masalan, har bir 
inson bir nimani  biladiki, hisob qiladi.  O’qituvchi  to’rt  narsadan  – quruq  foydasiz fikrlashdan, 
o’z  mulohazasida  qat'iy  turib  olishdan,  qaysarlik  qilishdan,  faqat  o’z  haqida  o’ylashdan  zinhor 
saqlanishi  kerak.  Bu  g’oyalarning  birinchisi  sof  ko’ngil  bilan  munosabatda  bo’lish,  ikkinchisi 
shaxsiyatga berilmaslik va qaysarlik qilmaslikdir. 
Mark Farbiy Kvintilian (Eramizning 42 – 118 y.y.) – mashhur Rim pedagoglaridan. U 
grek  va  Rim  falsafiy  va  pedagogika  adabiyoti  bilan  yaxshi  tanish  bo’lgan.  U  bolalarning 
qobiliyatlariga  yuksak  baho  beradi.  Olimning  fikricha,  bola  maktabda  tarbiyalanmog’i  lozim. 
O’qituvchi  o’zi  tarbiyalayotgan  har  bir  talabaga  ehtiyotkorlik  bilan  va  e'tibor  berib  muomala 
qilishi  kerak.  Ustozning  o’zi  o’qimishli  bo’lishi,  bolalarni  sevishi,  o’zini  yaxshi  tuta  bilishi, 
saboq  oluvchilarni  bo’lar-bo’lmasga  mukofatlashi  yoki  mas'uliyati,  eng  muhimi  shogirdlari 
uchun o’rnak bo’lishi lozim. Har bir o’qituvchi o’qitishning hamma bosqichlarini o’tishi kerak. 
Chunonchi,  yuqori  malaka  beruvchi  maktab  o’qituvchisi,  avvalo,  boshlang’ich  maktabda 
o’qituvchilik qilishi kerak. 
Kvintilian  o’qituvchilarni  o’z  mutaxassisligi  bo’yicha  chuqur  bilimga  ega  bo’lishlarini 
talab etadi. U shunday deydi: «Fanda dastlabki ma'lumotdan nariga siljimaydigan, qalbi qalbaki 
ishonch bilan to’lgan, faqat, o’zlarini olim deb bilgan kishilardan yomoni yo’q». Olim har bir ilm 
ahllarini,  shu  jumladan  o’qituvchilarni,  doimiy  ravishda  o’z  bilimlarini  oshirib  borishga  da'vat 
etadi. U bolalarni uyda emas, balki maktabda o’qitish g’oyasini ilgari suradi. 

Yüklə 1,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin