1. She’rni diqqat bilan o‘qib chiqing. Har bir bandda ona tup-
roq хislatlarining ma’lum bir qirrasi tasvir etilayotganiga
e’tibor be ring.
2. Birinchi banddagi dastlabki to‘rt misra nimani anglatadi?
Shu banddagi: «Kayxusrav qilichidan kesikbosh bobom xoki, Kim noxos oyoq qo‘ysa, haqoratga yo‘yaman» mis-
ralarini sharh lab be ring.
3. Ikkinchi bandda o‘lka tabiatiga xos xususiyat juda ham
aniq berilgan haroratli misralar bor. Shularni toping va
izohlang.
4.«Guldor, naqshin qorako‘l yetti ranglik, yarqiroq» misra-
sini izohlashga urining.
ONAGINAM Tovonimga chaqir tikanakday botguvchi – g‘ashlik.
Bedavo sizloviqday sizlatguvchi – g‘ashlik.
Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon,
Chuchvaraga chekkuvchi – g‘ashlik.
Meni o‘ylab notavon va nimjon,
G‘ashimga tekkuvchi – g‘ashlik.
Suyaklarimni sirqiratib