O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Nemis romantizmi
  Germaniyada  qo‘shni  Fransiyada  bo‘layotgan  voqealarni  zo‘r 
qiziqish  bilan  kuzatib  bordilar.  Germaniyaning  ilg‘or  vakillari 
ularning(o‘zlarining) qoloq, o‘nlab mustaqil knyazliklarga bo‘lingan 
mamlakatida inqilobiy o‘zgarishlar bo‘lmasligiga ko‘zlari yetdi. 
Shuning uchun ular ma’naviy sohada inqilob qilishga harakat qil-
dilar.
Nemis  romantiklari  idealist  Fixtening  «O‘z  diqqat-etiboringni 
seni o‘rab turgan atrof-olamga emas, balki o‘zingga qarat», – degan 
falsafiy qarashlarini yoqlab chiqdilar. 
Inson o‘z xohish, intilish va harakatlari tufayli yanada yaxshiroq 
bo‘lishi mumkin va kerak. Bunda unga yordam berish kerak. Nemis 
romantiklarining asosiy vazifa va maqsadi ana shundan iborat edi.


166
Nemis romantizmi tarixini 3 ta davrga bo‘lish mumkin:
1)  1795–1805-yillar  –  Yen  romantiklari  F.Shlegel,  Novalis, 
Tiklar davri;
2)  1806–1815-yillar  –  Geydelberg  romantiklari  K.Breyntano, 
A.Arnimlar nemis folklorini yig‘ishga katta e’tibor berdi. Bu vaqtda 
aka-uka Grimmlar ham ana shular to‘garagida edi.
3)  1815–1848-yillar  –  Napaleon  inqirozidan  so‘ng  roman-
tiklarning harakat markazi Berlingga ko‘chdi.
Bu  yerda  Gofman,  Shamisso,  Hyeyne  (ilk  ijodi)  va  Byuxerlar 
ijod qildi.
Nemis romantiklarining katta ishlaridan biri – xalq og‘zaki ijodi-
ni o‘rganishlari bo‘ldi. Yakob (1785–1863) va Vilgelm (1786–1859) 
Grimmlar  folklorning  estetik  qimmatini  yuksak  qadrlaganlardan 
edi: Ularning tarix, til tarixi, huquq va mifologiya bo‘yicha bir qan-
cha ilmiy maqolalari mavjud. Ammo ularga xalqdan yozib olingan 
3  tomli  va  200  ta  ertakdan  iborat  «Bolalar  va  xonadon  ertaklari» 
(1812–1822) katta shuhrat keltirdi. Ular ertaklarni butun Germaniya 
bo‘ylab yurib turli toifa odamlardan yozib oladilar. 
Ertaklarni 3 guruhga bo‘lish mumkin: sehrli, hayvonlar haqidagi 
(Bo‘ri va yetti echkicha», «Bremen muzikantlari») va maishiy er-
taklar.
Barcha ertaklarda mehnatni sevuvchi, dono, sabr-toqatli qahra-
monlar doimo g‘alaba qozonadilar.
A.S.Pushkin «Oltin baliq va baliqcha haqida»gi ertagida «Kam-
bala baliq haqidagi ertak» epizodidan foydalangan.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin