O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Fransuz romantizmi
 1789–1794-yillarda sodir bo‘lgan fransuz inqilobi natijasida pay-
do bo‘lgan fransuz romantizmi adabiyoti ikki bosqichni bosib o‘tdi. 
Birinchi bosqich 1800–1810-yillarni, ikkinchi bosqich 1820–40 yil-
larni  o‘z  ichiga  oladi.  Lekin  J.Sand, V.Gyugo  singari  romantiklar 
ijodi mazkur davriylashtirish chegarasidan chetga chiqadi. Tasviriy 
san’atda esa romantizm 1860-yillargacha saqlanib qoldi. 
Birinchi  bosqichda  yaratilgan  asarlarda  keskin  syujet  kuzatil-
maydi. Yozuvchilarning e’tibori kuchli his-tuyg‘u, ehtiroslarni tas-
virlashga qaratiladi. Shu bois Ovrupa mamlakatlari romantiklarining 
sevimli yozuvchisi bo‘lgan Shekspir Fransiyada ajabtovur vaziyat 
va o‘xshashi yo‘q tuyg‘ular tasvirchisi sifatida talqin etilgan. 1796-
yili Jermena de Stal “Tuyg‘ularning alohida shaxslar va xalqlar sao-
datiga ta’siri” nomli traktatini e’lon qiladi. Bu davrda muhabbat ma-
vzusidan tashqari ozodlik mavzusi ham muhim o‘rin tutadi. Erkka 
intilish ham kuchli ehtiros darajasini olishi mumkin. 
B.Konstanning  “Adolf”  romanlari  Shatobrianning  “Atala”, 
“Rene” qissalari ana shu mavzuga bag‘ishlangan. 
Mavjud ijtimoiy tuzumni inkor etish va ozodlikka intilish tabiat, 
ayniqsa, yovvoyi tabiat tasviriga qiziqishning ortishiga olib keldi. 
Bu borada tabiat tasviri, sevgi va yolg‘izlik mavzulari singari fran-
suz romantizmining asosiy jihatlariga aylandi. Amerikadagi hindu 
qabilalarining  hayoti,  ekzotik  Sharq  o‘lkalaridagi  mahalliy  peyzaj 
tasviri nursiz real borliqqa qarshi qo‘yiladi. Fransuz romantizmining 


171
har ikki davri uchun ham xarakterli bo‘lgan orientalizm (Sharq ma-
vzusiga murojaat) paydo bo‘ladi. Shu bilan birga, bu davrda san’at, 
ayollar erki mavzulari J.De Stalning “Korinni”, “Delfina” romanlari 
orqali talqin etildi. 
Ikkinchi bosqichda his-tuyg‘ular, qahramon iztiroblari tahlili 
o‘rnini o‘tkir syujet egallaydi. 1830-yillardagi ijtimoiy-siyosiy zid-
diyatlar  dramatik  turning  rivoj  topishiga  sabab  bo‘lgan. V.Gyugo, 
Lamartin, Myusse lirikasida inson ruhiy olami tasviri asosiy o‘rin 
egalladi. Mazkur bosqichda tarixiy roman va drama paydo bo‘ldi. 
A.De Vinining “Sen-Mar”, V.Gyugoning “Parij Bibi Mariyam ibo-
datxonasi”,  “Xo‘rlanganlar”,  “Kulgich  odam”,  “To‘qson  uchinchi 
yil” romanlari, V.Gyugo, A de Myusse va A.Dyuma (otasi) ning tar-
ixiy dramalari ikkinchi bosqichda yaratilgan asarlardir. Fransuz ro-
mantizmidagi tarixiylik o‘ziga xosdir. Ijodkorlar uchun tarixiy haq-
iqatdan ko‘ra sodir bo‘layotgan voqea-hodisaning ruhiy-ma’naviy 
mohiyati muhimdir. 
Fransuz romantizmining ikkinchi bosqichida Ovrupa romantikla-
rining ko‘plab asarlari tarjimalari paydo bo‘ldi: Shlegelning “Drama-
tik san’at va adabiyot haqida ma’ruzalar”i, Bayron she’rlari, fransuz 
romanchiligiga  katta  ta’sir  ko‘rsatgan  V.Skott  romanlari,  Gofman 
ertak va novellalari shular jumlasidandir. Aslida nemis adabiyoti va 
falsafasiga bo‘lgan qiziqish birinchi bosqichda J.De Stalning “Ger-
maniya haqida” (1813) kitobidan so‘ng paydo bo‘lgan. 
Bu  davr  tasviriy  san’atida  David  (1748–1825),  Jeriko  (1791–
1824),  E.Delakrua  (1796–1863)  singari  rassomlar  ijodida  roman-
tizm yo‘nalishining eng sara asarlari yaratiladi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin