O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Valter Skott (1771–1832) tarixiy roman otasi sifatida Ovrupa ro-
mantizm adabiyotida muhim o‘rin tutadi. Shotlandiyada tug‘ilib voy-
aga yetgan bo‘lajak yozuvchi Makfersonning “Ossian qo‘shiqlari” 
ta’sirida xalqning qadimiy rivoyat va balladalarini to‘plash va qayta 
ishlash bilan shug‘ullangan. Keyinchalik o‘zi ham balladalar yoza 
boshlagan. 
1805-yilda nashr etilgan “So‘nggi menestrel qo‘shig‘i” liro-epik 
dostoni uning nomini mashhur qildi. 
XVI-XVII  asr  Shotlandiya  tarixiga  oid  mazkur  asardan  so‘ng 
“Marmion”  (1808),  “Ko‘l  parisi”  (1810)  dostonlari  paydo  bo‘ldi. 
“Ko‘l parisi” da Shotlandiya tabiati manzaralari mahorat bilan tas-
virlanadi. Ana shu asar tasvirida Shotlandiyaning go‘zal manzaralar-
ini tomosha qilish uchun keladigan sayyohlar soni keskin oshadi. 
Bundan keyingi dostonlari u qadar shuhrat qozonmaydi. Chunki bu 
davrda ingliz she’riyatiga noyob iste’dod – Bayron kirib kelgan edi.
1814-yili  adabiyotdagi  birinchi  tarixiy  roman  “Ueverli”  paydo 
bo‘ldi. Nashrdan so‘ng katta qiziqishga sabab bo‘lgan asar muallifi 
1827-yilgacha kitobxonlar uchun noma’lum (roman “Ueverli mual-
lifi” degan taxallus bilan chop etilgan edi) bo‘lib qoladi. 
V.Skott tarixiy jarayonlarni emas, kitobxon uchun qiziq va dol-
zarb bo‘lgan davr va voqealarni tasvirlashni maqsad qilib qo‘yadi. 
Yozuvchining  muhim  badiiy  kashfiyoti  qahramon  taqdirini  tasvir-
lanayotgan davr xususiyatlari bilan uyg‘un holda tasvirlagani bilan 
belgilanadi. Asar so‘ngso‘zida muallif asosiy maqsadi “Vatanimizda 
yo‘qolib borayotgan axloqiy qadriyatlarni aks ettirish bo‘lganligini 
ta’kidlaydi.  Shotlandiya  tarixi  mavzusi  “Puritanlar”  (1816),  “Rob 
Roy” (1818) romanlarida ham davom ettirildi”. 
1820-yili  “Ayvengo”  romani  paydo  bo‘ladi.  O‘z  davrida  kat-
ta  muvaffaqiyat  qozongan  asar  hozirgacha  V.Skottning  eng  ko‘p 
o‘qiladigan  romani  hisoblanadi.  Asarda  Angliyaning  XII  asrdagi 
tarixiga murojaat qilingan. Romanning 1930-yilgi nashrga yozilgan 
kirish so‘zini adabiyotda tarixiylikning mohiyati bo‘yicha yozu-
vchining dasturi sifatida qabul qilish mumkin. 


182
Asardagi  asosiy  voqealar  –  norman  va  sakslar  o‘rtasidagi 
to‘qnashuvlar  fonida  Ravekka,  Ayvengo,  Robin  Gud  singari  eng 
yaxshi insoniy fazilatlar sohibi bo‘lgan qahramonlar tasviriga keng 
o‘rin ajratilgan. Asarda nafaqat tarixiy-qahramonlik muhitini aks et-
tirish, balki muhabbat, ezgulik, sadoqat, fidoyilik singari azaliy, hech 
qachon eskirmaydigan insoniy fazilatlarni yoritib berish muhimdir. 
San’at  asari  mavzusi  sifatiga  XVIII  asr  oxirida  predromantik 
oqim vakillari murojaat etganlar. Ular, asosan, o‘rta asrlar tarixiga 
murojaat qilganlar. Romantiklar ana shu davrni sirli va jozibador 
muhit  sifatida  ma’rifatparvarlarning  “aqlga  muvofiq”  jamiyatiga 
qarshi qo‘yadilar. Romantiklar V.Skottgacha tarixni mufassal yori-
tishga urinmaganlar, o‘tmish hozirgi davr haqidagi g‘oya va mu-
lohazalarni bayon etish uchun fon vazifasini o‘tagan edi. Shuning 
uchun ham tarixiy ziddiyatlarni tasvirlash birinchi navbatdagi vazifa 
sifatida  ko‘rilmagan.  V.Skott  Shekspirning  tarixiy  xronikalaridan 
o‘rgangan holda muallif o‘tmish va hozirgi kunni bog‘lovchi zanjir 
bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydi. 
Shotland yozuvchisining tarixiy romanlari adabiyotda hodisa 
bo‘lib  qolmay,  uning  tarixida  yangi  sahifani  ham  ochdi.  V.Skott 
ta’sirida  XIX  asr  davomida  tarixiy  roman  janri  taraqqiy  etdi.  Un-
ing ijodiy tajribasidan foydalangan izdoshlari orasida V.Gyugo, A.de 
Myusse  singari  romantizm  vakillaridan  tashqari  F.Stendal,  O.de 
Balzak, P.Merime, Ch.Dikkens, U.Tekkerey singari realizm namo-
yandalari  ham  bor. V.Skott  ijodi  Rossiyada  tarixiy  nasrning  shak-
llanishida (A.S.Pushkinning “Kapitan qizi”, N.V.Gogolning “Taras 
Bulba asarlari”) muhim o‘rin tutgan. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin