O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Ekspressionizm (fr. ifodalash). XX asr birinchi choragida nemis 
adabiyotida shakllanib, so‘ng boshqa milliy adabiyotlarga tarqalgan 
adabiy yo‘nalish bo‘lib, u adabiyot va san’atda ob’ektiv voqelik 
emas, balki ijodkor meni ustivor bo‘lishi kerak, degan g‘oyani ilgari 
suradi. U voqelikni tasvirlash emas, ijodkor menini, qalbini ifodalash 
muhim, deb biladi. Yo‘nalish nomi ham shu yerdan kelib chiqqan. 
Ifodani tasvirdan, intuitsiyani mantiqdan ustun, deb qaraydi.
Dadaizm (fr.  “dada”  –  yog‘ochdan  ishlangan  o‘yinchoq  ot, 
ko‘chma  ma’noda  –  bolalarga  xos  betartib  nutq)  birinchi  jahon 
urushi vaqtida urushga qarshi isyon kayfiyatidan Ovrupada paydo 
bo‘lgan avangardistik oqim. Dadaizm mavjud tartibotni absurd 
deb bildi va hamma narsani inkor qildi. An’analarga nigilistik mu-
nosabatda  bo‘lib,  isyonkorlikni  bayroq  qilib  olganlar. Adabiyotda 
ma’nosiz so‘z va tovushlarni ishlatish, tasviriy san’atda esa narsala-
rni ma’nosiz tarzda birga chizish kabilar bo‘lgan. Haqiqiy adabiyot 
ijtimoiylikdan xoli bo‘ladi, degan aqidani ilgari surganlar.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin