O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Teodor Drayzer (1871–1945). Dreyzer ijodi – XX asrning birin-
chi yarmi Amerika adabiyot va tanqidiy realizmning cho‘qqisidir. 
Dreyzer  AQSh  hayotidagi  fojiaviylikni  ko‘rsata  olgan  yirik 
san’atkordir. 
Amerikaning mashhur yozuvchisi Folkner “rus adabiyoti Gogol-
ning “Shinelidan” chiqqani kabi, bizlarning barchamiz ham Drayz-
erning romanlaridan chiqqanmiz. Bizlarning barchamiz – bu uning 
o‘zi ham, Folkner ham, Fitsjerald, Xeminguey ham...”, – deb aytgan 
edi.
Dreyzer Indiana shtatidagi kichik bir joyda kambag‘al ishchi oil-
asida tug‘ildi. Qashshoqlik yoshlikdan bo‘lg‘usi yozuvchini mehnat 
qilishga majbur etdi. U ish qidirib Chikagoga boradi, restoranda 
idish-tovoq yuvadi, tovar stansiyasida nazoratchi bo‘lib ishlaydi, kir 
yuvish ustaxonasida mexaniqlik qiladi. 1883-yilda Dreyzer Indiana 
universitetiga kirib, bir yil o‘qidi. O‘qish vaqtida buyuk rus adibi 
Lev  Tolstoy  ijodi  bilan  tanishadi.  Uning  asarlari  yosh  Dreyzerga 
katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Bilimga  tashna  Dreyzer  o‘sha  vaqtda  keng  tarqalgan  Gerbert 
Spenser  falsafasini  qiziqib  o‘rgandi.  Spenser  “xalqning  og‘ir  ah-


302
voliga xukumat ham, jamiyat ham aybdor emas. Bunga hayotning 
biologik qonunlari aybdor”, degan g‘oyani ilgari suradi.. Uning qa-
rashlari Dreyzerni ijtimoiy voqyelarni biologik qonunlar asosida tas-
virlashga, turmushni noto‘g‘ri talqin etishga olib boradi. 
Dreyzer muxbir bo‘lib Chikago, Nyu-York kabi shaharlarda ish-
lay boshlaydi. Xalqning og‘ir ahvoli bilan tanishadi. Lekin Spenser 
qarashlarining asossizligini tushunib yetmaydi. Dastlabki hikoyalar-
idagi umidsizlik kayfiyatlari, turmushni to‘g‘ri anglamaslik oqiba-
tida kelib chiqadi. 
Dreyzer XIX asrning 90-yillarida Nyu-Yorkda yashab, turli jur-
nallarda muharrirlik qiladi, maqola va ocherklar yozadi. Xalqning 
ahvoli bilan yaqindan tanishishi uning kelajakdagi ijodiga ko‘plab 
ma’lumotlar  to‘plashiga  xizmat  qildi. Adibning  ijodi  1900-yildan 
boshlandi,  shu  yili  uning  birinchi  romani  “Baxtiqaro  Kerri”  bos-
madan  chiqdi  va  judda  qattiq  tanqidga  uchradi.  Faqat  1911-yilda 
Drayzerning ikkinchi romani “Jenni Gerxard”, shundan so‘ng ket-
ma-ket “Moliyachi”, “Titan”, “Daho” romanlari yuzaga keladi. Bi-
rinchi jahon urushidan so‘ng, 20-yillar o‘rtasida ikki jildli “Amerika 
fojiasi” nashrdan chiqqach, adib yirik tanqidiy realist sifatida butun 
dunyoga taniladi.
Dreyzer  ijodining  birinchi  davrida  (1900–1917)  yirik  realistik 
asarlar yozish bilan bir qatorda, Spenser falsafasiga berilishi unda 
ziddiyatli fikrlar tug‘ilishiga va yangilash xulosalar chiqarishga olib 
bordi. 
“Baxtiqaro Kerri” (1900) romanining qahramoni kambag‘al fer-
mer qizi Karolina Miberni oilada erkalatib «jajji Kerri» deb atasha-
di. Kerri esli-xushli bo‘lsa ham, lekin hayotiy tajribasi yo‘q, yosh-
lik orzulari bilan yashovchi ko‘rgan narsalaridan tegishli xulosalar 
chiqarishga zaif edi. Xudbinlik uning tabiatiga “monand” bo‘lib, u 
bilimga emas, balki ne’matlarga intilar edi. Kerrining chekka qishlo-
qdan Chikagodagi opasinikiga borishi ham shular oqibatidadir.
Asarning  asosiy  g‘oyasi Amerikada  barcha  uchun  barobar  im-
koniyatlar mavjud, degan soxta tasavvurni fosh etishda ko‘rinadi. 
Kerrining  orzu-istaklari  kapitallistik  illatlar  avj  olgan  shaharda 


303
amalga oshishi qiyin edi. U sarson-sargardonlikda haftalab ish ax-
taradi. Poyabzal fabrikasidan oddiy ish topib, og‘ir sharoitda ishlay 
boshlaydi.  Lekin  ko‘p  o‘tmay  kasalga  chalinib  ishga  bormagach, 
ishdan  bo‘shatiladi.  Opasining  uyida  yashashga  imkoniyat  topa 
olmay, uyiga qaytishni ma’qul ko‘rmay, boshqalarga “beg‘araz” 
yordamga ko‘rsata boshlaydi. Dastlab Kerri savdo firmasining xiz-
matchisi, olifta yigit Charlz Druenning yaxshi kiyinishi va chiroyli 
gaplariga uchadi. So‘ngra bu “oshiq”ning o‘rnini mayxona boshqa-
ruvchisi, puldor va oilali Gerstvud egallaydi. Kerri Drueni tashlab, 
Gerstvud bilan Nyu-Yorkka qochib ketadi. Gersvud asta-sekin bor 
boyligidan  ajralib,  ishsiz  qoladi.  Butun  kunni  sadaqa  beriladigan 
non navbatlarida o‘tkazadi. Kerri esa faqat o‘zini o‘ylab, uni ham 
tashlab ketadi va teatrga ishga kiradi. Og‘ir axvolda qolgan Gersvud 
gazdan zaharlanib o‘ladi, Kerri esa o‘sha muhitga moslashib oladi. 
Yozuvchi Kerrining muvaffaqiyatga erishishini tasodifiy hol, Ameri-
kada dollarning halokatli ta’siri natijasi, deb ko‘rsatadi. 
“Baxtiqaro Kerri” romanining qimmati kapitalistik jamiyatdagi 
xalq ommasining og‘ir turmush sharoiti, Kerrining yuztuban keti-
shi evaziga ko‘tarilishi, burjua Gerstvud oilasidagi munofiqlik, boy 
kvartal  Brodveydagi  dabdabali  hayot,  tramvay  ishchilarining  ish 
tashlashlari tasviri, ishsizlik natijasida ko‘chaga chiqarib tashlangan 
son-sanoqsiz kambag‘allarning och-yalang‘och tentirab yurishlarin-
ing xaqqoniy aks etirilishida ochiq ko‘rinadi. 
«Jenni  Gerxardt»  (1911)  romanida  ham  kambag‘al  oiladan 
chiqqan qizning burjua jamiyatidagi fojiasi ko‘rsatilgan. Asarning 
g‘oyaviy yo‘nalishi oddiy qizning axloqiy  pokizaligi,  uning  buz-
ilgan burjua axloqiga qarshi qo‘yilishida namoyon bo‘ladi. Ro-
manning asosiy syujet yo‘li ishchi qizi Jennining fojiasi, u bilan 
millianerning  o‘g‘li  Lester  Keyn  o‘rtasidagi  sevgi  tarixida  ochiq 
ko‘rinadi. Kambag‘al Jenni boy yigit Keyn o‘rtasidagi sevgi tarixida 
shu manzara namoyon bo‘ladiki, o‘sha jamiyat urf-odatlari, ijtimoiy 
adolatsizliklar, bu yoshlarni tabiiy sevgilariga to‘sqinlik qiladi va 
oxir-oqibatda ular turmush qurolmaydi. 
Drayzer oddiy qizning odobi, vafodorligi, qalbining musafoli-


304
gini ko‘rsatish orqali xalqning kuch-qudratiga ishonchini ifodalaydi. 
Jenni o‘zining eng yaqin kishilari – otasi-onasi, qizi Vesta, nihoyat 
sevgan kishisi, Lesterdan ajraladi. Lekin bunday og‘ir yo‘qotishlar 
uni umidsizlikka tushirmaydi. U yetim bolalarni asrab oladi va bun-
dan keyingi hayotini ularning tarbiyasiga bag‘ishlaydi. 
Drayzerning «Amerika fojiasi» (1925) asari Birinchi jahon uru-
shidan  so‘ng  yozilgan  monumental  ikki  tomli  romandir. Asarning 
bosh qahramoni burjua-meshchan oilasidan chiqqan-bola Klayd 
Grifitsdir. Klayd burjua jamiyatiga xos yuzsizlik, boyish yo‘lida har 
qanday vosilatardan foydalanish kabi yaramas illatlarni o‘zlashtira 
boradi. U tushgan mashina bir qizni bosib ketgach, Klayd bu yerni 
tashlab, boy amakisi yashaydigan shaharga boradi va uning fabrika-
sida ishga joylashadi. Bu yerda u qishloqdan kelib, xizmat qilayot-
gan kambag‘al qiz Roberta Olden bilan tanishadi va unga uylanmoq-
chi bo‘ladi. Lekin boylikka, mavqyega erishish maqsadida u badav-
lat oiladan bo‘lgan Sondra Finchlini olishga intiladi. Klaydning aybi 
bilan Roberta halok bo‘lgach, sud jarayonida fojeali voqeaning siri 
ochiladi va u o‘lim jazosiga mahkum qilinadi. 
Romanda  Klayd  Grifitsda  tug‘ilgan  xudbinlik  Amerika  burjua 
jamiyati va uning zo‘ravonlikka asoslangan vahshiy qonun-qoidala-
rining oqibati ekani ko‘rsatiladi. Undagi individulistik xirs Roberta 
Olden,  shuningdek,  Sondra  Finchliga  bo‘lgan  munosabatda  ham 
ko‘zga tashlanib turadi. Sondra yosh va chiroyli qiz, lekin Klaydni 
uning go‘zalligi emas, balki boyligi qiziqtiradi. Burjua dunyosining 
axloqi, boylikka sig‘inish kishining tabiiy xis tuyg‘ularini barbod 
etadi.  Bu  narsa  oddiy  amerikalik  yigit  Klayd  shaxsiyatida  ochiq 
ko‘rinadi. 
Amerikacha orzu mehnat qilishga undovchi omil emas, qotillikka 
etaklovchi omilga aylanadi. Romanda Drayzer uch bora vaziyatni 
takrorlaydi:
1.  Klaydning o‘zi. 
2.  (Klayd tomonidan o‘ldirilgan) Roberta – fabrika xo‘jayinining 
jiyani bo‘lgan Klayd orqali yuqoriga ko‘tarilmaqchi bo‘ladi. Bunda 
yozuvchi vaziyatni soddalashtirishga harakat qilmaydi: Klayd Son-


305
drani sevadi, shu bilan birga unga uylanish yuqoriga ko‘tarilishga 
yordam beradi, Klaydni sevuvchi Roberta ham xuddi shunday hol-
atga tushadi. 
3.  Prokuror Meysonning tarixi. U yuqoriga ko‘tarilish qay da-
rajada murakkab ekanini biladi. U ayblovchi hukm chiqarishdan 
manfaatdor,  chunki  bunga  erishsa  shtat  prokurorligiga  nomzodini 
qo‘yishi mumkin. Meyson Klaydning hal qiluvchi zarbani berma-
ganligini, bevosita jinoiy harakat qilmagani bilsa-da, yordamchisiga 
dalillarni qalbakilashtirishiga halaqit qilmaydi.
Klayd obrazi Drayzer ilgari yaratgan Kerri, Kauervud va Vitli ob-
razlariga o‘xshamaydi. Ular kabi favqulotdda kuchga ega bo‘lgan 
qudratli shaxslardan ham emas, balki oddiy amerikalikdir. Voqealar 
tasvirida ham o‘zgarish bor. Ilgarigi asarlarida ijtimoiy omillar bilan 
birga, biologik omillar ma’lum darajada o‘rin egalagan edi. Bu ro-
manda esa, ijtimoiy voqealarning mohiyati to‘g‘ri talqin etiladi va 
real ko‘rsatiladi. 
“Amerika fojiasi” voqyelikning keng qamrab olishi, ko‘tarilgan 
g‘oya va tanqidiy fikrning chuqurligi, badiiy mahoratning yuksak-
ligi bilan jahon  adabiyotining eng yaxshi realistik asarlari qatori-
dan joy oladi. Yozuvchining “Istak trilogiyasi” Amerika adabiyotida 
tanqidiy  realizmning  eng  yaxshi  namunasidir.  Kaupervard  Balzak 
yaratgan pulga uch, yuzsiz, oltin asosiga qurilgan dunyoning bosq-
inchilikdan iborat xarakterini aks etgan tipik obrazni eslatadi. 

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin