O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Uilyam Folkner (1897–1962).  XX  asr  AQSh  adabiyotining 
yirik namoyandalaridan biri.  U  “Nurafshon  avgust”,  “Shovqin  va 
qahr”,  “Shahar”,  “Qo‘rg‘on”,  “Qishloq”,  “Ayiq”,  “Xoku  turobni 
bulg‘ovchi”, “Sahro”, “O‘lim to‘shagida”, “Sartoris”, “Avessalom, 
Avessalom”, “Rohibaga marsiya”, “Hikoyalar majmuasi” singari ja-
honga mashhur asarlar muallifi. 
“Rivoyat”, “O‘g‘rilar” romanlariga Amerikaning “Pulitser” mu-
kofoti berilgan. 1950-yilda uning asarlari Nobel mukofotiga sazovor 
bo‘ldi. Folkner dunyoning o‘ziga xos, betakror, eng keskin uslubli 
adiblaridan biri. U inson fojialarini eng yuksak gumanizm nuqtai 
nazaridan yorita oldi. XIX–XX asr Amerika hayoti, tarixi reallikla-


306
rini, tang vaziyatlarni haqqoniy, qiziqarli tasvirlaydi. O‘ziga xos 
“tang” uslubda yozadi. Uning barcha asarlari, ularning voqealari, 
qahramonlari o‘zaro chambarchas bog‘lanib ketadi. Va yaxlit san’at 
diyori gavdalanadi. Realizm, naturalizm, modernizm uning asar-
larida yorqin, ta’sirchan adabiy-badiiy hodisa kabi hayratga soladi. 
Agar Xemingueyning tashqi ko‘rinishi, fe’l-atvori, adabiyotdagi us-
lubi modaga kirgan bo‘lsa, Folkner Amerika va jahon adabiyotiga 
real  chuqur  ta’sir  ko‘rsatdi.  Xeminguey  jahon  urushlari  (Birinchi 
va  Ikkinchi),  turli  mamlakatlar  va  odamlar  haqida  yozgan  bo‘lsa, 
Folkner o‘zining aksariyat asarlarida AQShning Mississipi shtatin-
ing Yoknapatof okrugi haqida yozdi. 
Umuman olganda, mazkur okrug AQShning agrar hududi bo‘lib, 
bu yerda sanoat, ishlab chiqarish munosabatlari yyyetarli darajada 
rivojlanmagan, irqiy munosabatlarda muammolar yyyetarli dara-
jada. Tabiiy rivojlanish to‘xtatilganda, xatto odamlar xotirasida ham 
ko‘p narsalar yo‘q bo‘lib ketadi, tarix afsonaga aylanadi.
Bu afsona hozirga qadar yashab keladi. Adabiyot u bilan cham-
barchas bog‘liq. Bu afsona janubliklarga o‘z ma’naviy mustaqillig-
ini saqlab qolishga yordam beradi. AQShda hozir regional adabiyot 
deyarli yo‘q, garchi Gottornni Yangi Angliyasiz, Mark Tvenni esa 
Yovvoyi  G‘arbsiz  tasavvur  qilish  qiyin  bo‘lsa  ham.  Shuningdek, 
janubiy romanchilik maktabi haqida ham gapiriladi. Bu janubliklar 
yo‘qolib ketmaganliklaridan dalolat beradi. Folkner bu afsonaning 
mohiyatini juda aniq, yorqin bo‘yoqlarda aks ettiradi. 
Adibning  1924-yili nashr ettirilgan “Marmar favn” she’riy 
to‘plami  muvaffaqiyat  keltirmadi.  1925-yili u taniqli yozuvchi 
Shervud Anderson bilan tanishdi, aynan u Folknerga she’riyat bilan 
emas, nasr bilan shug‘ullanishni, o‘zi yaxshi bilan Janub va janub-
liklar haqida yozishni maslahat beradi. 1926-yili uning “Askar mu-
kofoti” romani chop ettirildi. Adib urushdan qaytib kelib, tinch ha-
yotga moslasha olmagan, jismoniy va ruhiy majruh kishilarning fo-
jeasini tasvirlaydi.  1927-yili “Moskitlar”, 1929-yili esa “Sartoris”, 
“Shovqin va qahr” romanlari e’lon qilindi. Shundan keyin Folkner 
o‘zini to‘liq adabiyotga bag‘ishlashga qaror qildi. Zo‘ravonlik va 


307
qotillikka  bag‘ishlangan  “Ibodatxona”  (1931)  romani  katta  shov-
shuvga sabab bo‘ldi.
30-yillarda Folkner gotika uslubida “O‘lim to‘shagida”, “Sarto-
ris”,  “Avessalom, Avessalom”  romanlarini  yozdi.  1942-yili yozu-
vchi o‘zining eng mashhur qissalaridan biri “Ayiq”ni chop ettirdi. 
1948-yilda rasizm muammosi bilan bog‘liq, muhim ijtimoiy romani 
“Xoku turobni bulg‘ovchi” yozdi. 40–50 yillarda yozuvchining Ja-
nublik zodagonlarning fojeali taqdiriga bag‘ishlangan “Shahar”, 
“Qo‘rg‘on”, “Qishloq” romanlaridan iborat eng yaxshi trilogiyasi 
nashrdan chiqdi. 1949-yili Folkner zamonaviy roman janrini rivo-
jlantirishdagi xizmatlari uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. 
I.G‘ofurov  “Uosh”,  “Emili  uchun  atirgullar”,  “Qora  musiqa”, 
“To‘zonli sentyabr”, “O‘t qo‘yuvchi”, “Qorong‘i tushganda”, “Alvon 
yaproqlar”, “Karkasson” hikoyalarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin