O‘zbekiston republikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ulug‘bek hamdamov, abdug‘opir qosimov jahon adabiyoti



Yüklə 1,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/189
tarix27.03.2022
ölçüsü1,56 Mb.
#114995
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   189
ulug bek hamdamov jahon adabiyoti

Ertak bilan mifning farqi. Ertak muallifi o‘quvchini qiziqtirish 
uchun har xil poetik usullardan foydalanib ish ko‘radi – ertak to‘qiydi, 
lekin o‘zi voqealarga ishonmaydi. Uning maqsadi o‘quvchini jalb 
qilish, unga badiiy-estetik zavq ulashish. Mif yaratuvchisi esa o‘z 
rivoyatlariga ishonadi. Mifda ishonch – eng muhim atribut. Mif vo-
10
 Лосев А. Философия. Мифология. Культура. –  Москва: Политиче-
ская литература, 1991.


30
qealariga ishonch bo‘lmasa, mif tabiatini to‘liq tushunib bo‘lmaydi. 
Mifning vazifasi u yoki bu voqea mohiyatini tushuntirishdir. Mif 
qadimda insonni o‘rab turgan olamni tushuntirishning asosiy yo‘li 
bo‘lgan. Nafaqat qadimda, balki hozir ham badiiy adabiyot mifga 
murojaat  qilib  turadi. Atrof-javonibda  sodir  bo‘layotgan  voqealar 
mohiyatini mif vositasidagina tushuntirib berishga ehtiyoj sezadi. 
Umuman, miflar mag‘zini chaqmasdan turib, badiiy adabiyot mohi-
yatini to‘liq tushunish va tushuntirish mumkin emas.
Uyg‘onish davriga qadar Ovrupa antik va nasroniy miflarini bilar 
edi. Uyg‘onish davrida buyuk geograflar dunyo kezdilar. Amerika, 
Afrika, Okeaniya kabi mamlakatlar topildi va ularning ham o‘z mi-
flari borligi ayon bo‘ldi. Etnograf va folklorchilar ularni yozib ol-
ishdi. Yunon miflari poetik olamning birinchi yuksak obrazi bo‘lsa, 
bular bolalarcha sodda miflar edi. Ularda dunyo, yulduzlar, inson, 
hayvon va o‘simliklarning yaralishi haqida so‘z boradi.

Yüklə 1,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   189




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin