66
asarlarida zamonasining turli-tuman muammolari bilan birga psix-
ologik muammolarni ham qo‘yadi. Yunon shoiri jahon adabiyotida
avvalambor, ayollar obrazi va ularning psixologik qiyofasini maho-
rat bilan tasvirlagan adib sifatida mashhurdir.
Uning eng kuchli tragediyalaridan biri m.o. 431-yili Afina sah-
nasida qo‘yilgan “Medeya” hisoblanadi. Asar syujeti “Argonavtlar”
haqidagi afsonadan olingan. Bir qancha yunon pahlavonlari Yason
boshchiligida oltin qo‘y junini olib kelish uchun “Argo” kemasida
Kolxida eliga jo‘naydilar. U yerda podshoning qizi, quyosh ma’budi
Geliosning nabirasi go‘zal Medeya Yasonni sevib qoladi, uni deb
ota-onasi, vatanidan voz kechadi, akasini o‘ldiradi. Oltin qo‘y junini
Yunonistonga olib kelgach, ular turmush quradilar. Bir qancha mud-
dat o‘tgach, Yason Korinf shohi Kreontning qizi Glafkaga uylanmo-
qchi bo‘ladi. Yevripidning asari xuddi ana shu joydan boshlanadi.
Bevafolikdan g‘azablangan Medeya eridan qasos olishga ahd qiladi,
kelin, uning otasi va o‘z farzandlarini o‘ldirib ajdaholar qo‘shilgan
aravada uchib ketadi. Agar “Medeya” xaqoratlangan sevgi va rashk
haqidagi asar bo‘lsa, “Ippolit” jinoyatkorona, qabih sevgi haqidagi
tragediyadir. Afina podshosi Tezeyning oldingi xotinidan qolgan
o‘g‘li Ippolitni o‘gay onasi Fedra sevib qoladi. Yigit uning sevgi-
sini rad etgach, Fedra o‘z joniga qasd qiladi. O‘limidan oldin yozib
qoldirgan maktubida u Ippolitni tajovuzda ayblaydi. Otasi tomoni-
dan la’natlangan Ippolit halok bo‘ladi.
Yevripid juda katta mahorat bilan burch va ehtiros o‘rtasidagi
kurashdan azoblangan qahramonlar ruhiyatini tasvirlaydi.
Dostları ilə paylaş: