67
hisoblanadi. Oilada bir-birining huquqlarini hurmat qilishadi, bir-biriga
bog‘langanlik, mavjud emotsional yaqinlik his etiladi.
Oilaning har bir a’zosi o‘zaro munosabatlar sifatidan xursand. Bular
mavjud bo‘lgan holatda - oilaning ijtimoiy-psixologik mavqei yuqori baholanadi.
Oilada nosog‘lom psixologik muhit er-xotinlar yoki ota-onalar va bolalar
o‘rtasidagi doimiy qiyinchiliklar va janjallar bo‘lgan holatda yuzaga keladi, oila
a’zolari doim havotirda bo‘ladilar, o‘zlarini erkin his eta olmaydilar; oila a’zolari
o‘rtasida begonalik hissi hukmron bo‘ladi. Bularning hammasi oilaning asosiy
vazifalaridan biri bo‘lgan – psixoterapevtik, ya’ni stressni yo‘qotish, jismoniy va
ma’naviy kuchlarni tiklab olish kabi vazifalarni bajarishga harakat qilinadi.
Bunday holatda ijtimoiy-psixlogik muhit past darajali bo‘ladi. Shu bilan birga
yomon munosabatlar inqirozni, butunlay bir-birini tushunmaslik, bir-biriga
dushmanlik, jahl bilan kuch ishlatish (jismoniy, seksual), ajratish istagi paydo
bo‘lishi
bilan
ifodalanuvchi
holatlarga
aylanishi
mumkin.
Inqirozli
munosabatlarga: ajralish, bolaning uydan qochib ketishi, qarindoshlari bilan
munosabatlari bo‘sh ifoda etilganda, doimiy bo‘lmaganda, oilaning oraliq holatda
bo‘lganida oilaning ijtimoiy-psixlogik mavqei o‘rtacha hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: