O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m


Ijtimoiy  moslashish  tuzilishi  uchinchi  tashkil  etuvchisi  -  ijtimoiy-



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/78
tarix28.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#115019
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78
fayl 773 20210505

 Ijtimoiy  moslashish  tuzilishi  uchinchi  tashkil  etuvchisi  -  ijtimoiy-
madaniy moslashish.   Oilaning  umumiy  madaniyatliligini  aniqlashda  uning 
katta  yoshdagi  a’zolari  bilim  darajasini  hisobga  olish  zarur.  Kattalarning  bilim 
darajasi  bolalarni  tarbiyalashda  muhim  omillardan  biri  hisoblanadi.  Bundan 
tashqari oila a’zolarining turmushi va o‘zini tutish madaniyatini ham hisobga olish 
kerak. 
Agarda  oila    odatlar  va  an’analarni  davom  ettiruvchisi,  saqlovchisi  rolini 
bajara  olsa,  (oilaviy  bayramlar  saqlanib  qolinsa,  xalq  og‘zaki  ijodi  saqlansa), 
oilaning madaniy darajasi yuqori hisoblanadi, qiziqishlari keng bo‘ladi.  
Ma’naviy talablari rivojlangan bo‘lsa, oilada turmush to‘g‘ri tashkil etilgan, 
dam  olish  turli  xillarda  bo‘ladi,  shu  bilan  birga  dam  olish  va  turmush  faoliyati 
birgalikda olib boriladi; oila bolani har tomonlama (estetik, jismoniy, emotsional, 
mehnat) tarbiyalash bilan mashg‘ul bo‘ladi va sog‘lom turmush tarzini ta’minlaydi.    


68 
 
           Agarda oilaning  ma’naviy  talablari  rivojalanmagan, qiziqishlar doirasi tor 
bo‘lsa,  turmushi  to`g`ri  tashkil  etilmagan,  uyushmagan,  oilani  birlashtiruvchi 
birgalikda  madaniy  hordiq  chiqarish  va  mehnat  faoliyati  bo‘lmasa,  oila  
a’zolarining    odobini  boshqarish  bo‘sh  bo‘lsa,  (huququy  boshqarishda  majburiyat 
metodlari  ustun  bo‘ladi):  oilada  nosog‘lom  turmush  tarzi  olib  borilsa,    uning 
madaniyat  darajasi  past  bo‘ladi.  Agarda  oila  madaniyati  yuqori  darajaliligining 
to‘la to‘plamiga ega bo‘lmasa-yu,  lekin o‘zining madaniy darajasi muammolarini 
tushunib  yetsa  va  uni  oshirish  yo‘nalishida  faollik  ko‘rsatsa,  unda  oilaning 
ijtimoiy-madaniy mavqei o‘rtachaligi haqida gapirish mumkin bo‘ladi. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin