O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti ishanova m



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/78
tarix28.03.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#115019
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78
fayl 773 20210505

Navro‘z  yangilanish  bayrami.  Tabiatda  tun  va  kunning  teng  bo‘lishi, 
bahorning  kirib  kelishi,  dalalarda  ish  boshlanishidan  darak  beruvchi,  xalq 
tomonidan  keng  nishonlanuvchi  Navro‘z  bayrami  o‘tgan  davrlarda  to‘siqlarga 
duch  kelsa-da,  xalqning  istagi  bilan  qayta  tiklandi  va  1990-yildan  boshlab 
mamlakatimizda  katta  quvonchlar  bilan  o‘tkaziladigan  bayram  sifatida 
nishonlanmoqda.  Navro‘z  hayot  abadiyligining,  tabiatning  ustuvor  qudrati  va 
cheksiz  saxovatining,  shu  bilan  birga  bizning  necha  ming  yillik  milliy 
qiyofamizning,  urf-odatlarimizning  mangulik ifodasi, tasdig‘idir. “Navro‘z” so‘zi 
fors tilidan olingan bo‘lib, “Nav”-yangi, “ro‘z”-kun – “Yangi kun” degan ma’noni 
anglatadi.  21  mart  kecha  va  kunduz    tenglashgan  kun  –  yangi  yil  –  Navro‘z 
bayrami  sifatida  Sharq  xalqlari  tomonidan  keng  nishonlanadi.  Navro‘z    juda 
qadimiy  bayramdir.  Uning  juda  qadimiy  bayram  ekanligi  buyuk  mutafakkir 
allomalarimiz  ijodlarida  namoyon  bo‘lgan.  Abu  Rayhon  Beruniyning  “Qadimgi 
xalqlardan qolgan yodgorliklar”, Umar Hayyomning “Navro‘znoma”,  Abulqosim 
Firdavsiyning  “Shohnoma”,  Xoja  Ali  Termiziyning  “Navro‘znoma”,  Alisher 
Navoiyning  “Saddi  Iskandariy”  asarlari  Navro‘z,  uning  paydo  bo‘lish  tarixi,  u 
bilan  bog‘liq  urf-odatlar  haqida  muhim  ma’lumotlarni  beruvchi  qimmatli 
manbalardir. 
Navro‘z  mehr-muruvvat,  insonparvarlik,  insonlarni  ruhan  birlashtiruvchi 
bayramdir.  Navro‘z  bayrami  munosabati  bilan  mamlakatlararo  urush-janjallar 
to‘xtatilgan, urushgan kishilar  yarashgan,  ota-onalar,  qarindosh-urug‘lar, keksalar 
sovg‘alar bilan yo‘qlangan. Turli-tuman Navro‘z taomlari tayyorlangan, uy, hovli, 
ko‘chalar supurib-sidirilgan, katta-katta maydonlarda o‘yin-kulgular, askiyabozlik, 


123 
 
qo‘chqor,  xo‘roz    urushtirish,  kurash,  teatr  tomoshalari  tashkil  etilgan.  Odamlar 
bir-birlarinikiga  mehmonga  borishgan,  yerga  birinchi  urug‘  qadash  marosimlari 
o‘tkazilgan.  Navro‘z  yoshlarni  barkamol  inson  qilib  tarbiyalashda  muhim 
vositadir.  Navro‘z  yosh  avlod  uchun  tarbiya  maktabidir.  Navro‘z  xotin-qizlarga 
alohida ko‘rk beruvchi bayramdir. Bayram munosabati bilan xotin-qizlar qo‘llariga 
xina,  qoshlariga  o‘sma  qo‘yadilar.  Arg‘imchoqlarda  uchishib,  she’rxonlik 
kechalarini o‘tkazadilar. 
Navro‘z  –  tan  sihatlik  bayramidir.  Chunki  bayram  dasturxoni,  taomnomasi 
inson  tanasi  uchun  shifo  manbaidir.  Navro‘z  munosabati  bilan  o‘ziga  xos  turli 
iaomlar,  shirinliklar  tayyorlanib,  bayram  dasturxoni  bezatilgan.  Ya’ni,  sumalak, 
halim,  ko‘k  somsa,  ko‘k  chuchvara  navro‘z  dasturxoni  uchun  asosiy  taomlar 
hisoblangan. 
Sumalak  –  Navro‘zning  shoh  taomi  bo‘lib,  u  ko‘klam  darakchisi,  to‘kin-
sochinlik,  ahillik,  ezgulik  timsolidir.  “Sumalak  sayli”  o‘ziga  xos  tarzda 
uyushtiriladi.  Bu,  asosan,  ayollar  bazmi  hisoblanadi.  Sumalak  tayyorlanayotgan 
doshqozonlar  atrofida  xotin-qizlar,  bolalar  o‘yin-kulgi,  aytishuv,  askiya,  lapar, 
latifalar  aytishadi,  childirma,  dutor  chalib,  raqsga  tushishadi.  Sumalak  sayliga 
kelgan  har  bir  inson  yaxshi  niyat  bilan  qozon  kovlaydi.  Balog‘at  yoshidagi  yigit-
qizlarga  baxtli-saodatli,  farzand  ko‘rmaganlarga  farzandli  bo‘lishlarini  niyat 
qildirib    qozon    kovlatiladi.  Sumalak  bir  kecha-kunduz  davomida  tayyor  bo‘ladi.  
U  har  bir  oilaning  soniga  qarab  taqsimlanadi.  Bemorlar,  yolg‘iz  qariyalar, 
nogironlar  sumalak  bilan  yo‘qlanadi.  Sumalak  bir  oilada  tayyorlansa-da,  uni 
tayyorlash  jarayonida  butun  qishloq  yoki  mahalla  ahli,  qarindosh-urug‘lar 
hamjihatlik bilan qatnashadilar. 
Navro‘z  har  bir  kishini  insonparvarlikka,  mehr-muruvvatga,  bag‘ri 
kenglikka,  saxovatga,  go‘zallikka,  ezgulikka  da’vat  etadi.  Xalqni,  jamiyatni 
poklikka, mehnatga, yaxshilikka undovchi g‘oya abadiydir.   
Oilaviy  marosimlar  tarixiy  jarayonda  xalq  pedagogikasi  va  donishmandligi 
bilan  uyg‘unlashib  ketib,  asrlar  davomida  yoshlarni  tarbiyalashdagi  asosiy 
shakllardan biri bo‘lib  kelgan.  Shu  sababli,  hozirgi  davrda ham  xalq  an’analarini 


124 
 
qadrlagan,  turli  marosimlarni  o‘tkazishda  ma’noviy-estetik  jihatlarga  alohida 
e’tibor bergan oilalarda voyaga etgan yoshlar odob-axloqli bo‘lib ulg`ayadi. 
Ispaniyalik  bir  faylasuf  olim  butun  umrini  jahon  xalqlarining  urf-odatlari, 
axloq-odobini  o‘rganishga  bag‘ishlagan  ekan.  O‘sha  olim  bizning  yurtimizga 
tashrif  buyurib,  urf-odatlarmizni  o‘rganibdi.  Yurtiga  borib:  “Butun  bir  amalga 
oshirgan  ishlarim  va  o‘rgangan  bilimlarimni  15  yoshli  o‘zbek  qizalog‘ining 
o‘rnidan  turib,  qo‘lini  ko‘ksiga  qo‘ygancha  choy  uzatishidagi  odobi,  nazokatiga 
almashtirishga rozi edim”– degan edi. 
Ajdodlarmiz  asrab-avaylab  kelgan  urf-odatlarmizni,  sharqona  odobimizni, 
naslimiz  pokligini,  buyukligimizni  asrab-avaylab  kelgusi  avlodga  etkazish  siz-u 
bizning qo‘limizdadir. 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   78




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin