Demak bu misolni ishlashimizda Botir bilan Sarvinoz faol ishtirok etdi. Endi ularga
mukofot beramiz. Bu mukofot atirgullar edi. Atirgullarni shu ikki o’quvchiga bo’lib beriladi.
Darsdagi faolliklari uchun olgan sovg’alarini onalariga sovg’a qilsalar, ular juda xursand
4
bo’lishadi. Qolgan o’quvchilar ham o’z onalarini xursand qilishni xohlasalar keyingi darslarda
faol ishtirok etishlari kerakligi aytiladi.
Xulosa qilib, shuni ta’kidlashimiz mumkinki, bolalarning barkamol inson bo’lib
yetishlarida matematika darslarini jonli o’quvchilarning kayfiyatlarini oshiradigan qiziqarli qilib
tashkil etish, kompyuter texnologiyalari asosida tushuntirish, geometriya elementlari haqida
to’laroq tasavvurga ega bo’lishlari uchun sodda va rangli figuralar komplektlarini yasatish,
ulardan masalalar yechishda, sanashda, shakllarni tahlil qilishda foydalanib borish orqali fanga
bo’lgan qiziqishlarini rivojlantirib borish hamda go’zallikdan zavqlantirishga erishish mumkin.
Darslarni tashkil etishda yuqorida keltirilgan usullarga har doim o’qituvchi e’tibor berib
borsa, o’quvchilarga ham ta’lim ham tarbiya berishimiz bilan birga ularning ongida estetik didni,
go`zallikdan zavqlanish hissini, kattalarga hurmat va muhabbatni shakllantirishimiz mumkin.
Shuningdek, ularning fanga qiziqishlari oshishiga, o’quvchilarning qalbida yaxshilik, ezgulik
hislatlarining rivojlanishiga hamda darsda samaradorlikka erishiladi.
Dostları ilə paylaş: