Jaholatga qarshi ma’rifat



Yüklə 109,31 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix13.04.2022
ölçüsü109,31 Kb.
#115259
  1   2
Jaholatga qarshi ma’rifat



                                                             Namangan Muhandislik Qurilish Instituti,

Qurilish fakulteti 1

a

-K T I-15 guruhi talabasi



Muhammadjonov Bobirmirzo

Jaholatga qarshi ma’rifat

Glaballashuv jarayonida rivojlanishlar, innovatsion texnologilar zamonida

yashayapmiz. Dunyoda borgan sari jaholat avj olib bormoqda. Jahonda sodir

bo'layotgan voqea - hodisalar ommaviy axborot vositalari yoki internet tarmoqlari

orqali ko'rib, shunday tinch vatanda yashayotganimizga shukur qilishimiz lozim.

Lekin bizda ham buning salbiy ta'siri yoshlar ongiga zarar yetkazmoqda ya'ni,

yoshlarimiz ommaviy madaniyat tufayli taqlidlar ko'payib ketdi. Biz yoshlar

tengdoshlarimizni salbiy omillardan yoki tahdidlardan biror bir faoliyat band

bo'lishini ta'minlagan holda ma'rifat sari yo'naltirishimiz kerak. Bugungi kunda

yurtboshimiz olib borayotgan siyosatlari tufayli biz yoshlar ongida ortiqcha sarf

harajatlarsiz to'y - marosimlarini o'tkazish va kelajakka yangicha nigoh bilan vatanga

o'z hissamizni qo'shmog'imiz lozim. Bularning zaminida albatta ma'rifat va

ma'naviyat yotadi. Ma’rifatning ta’riflari hozirgi kunda juda ko’p, bunga o’z kasbi

yoki faoliyatidan kelib chiqqan holda ham fikr bildirish mumkin. Misol uchun

shifokorlar ma’rifatni biror bemorni dardiga davo topish orqali ifodalashsa,

o’qituvchilar esa o’quvchilarga bilim berish asosida, xarbiylarimiz esa vatanga sodiq

farzand ya’ni, xalqimizga o’rnak bo’lish bilan ifodalanadi, iqtisodchilar esa aholi

turmush darajasini yaxshilash moddiy va moliyaviy jihatdan aholi ehtiyojlarini

qondirishi orqali aks etadi. Shundan kelib chiqadiki, ma’rifat -  bu ezgulikka eltuvchi

nur yoki ziyo demakdir.

     

19 sentabr kuni BMTning Nyu-York shahridagi Bosh qarorgohida O'zbekiston



Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti

Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari Zayd Raad al-Husayn bilan uchrashuvi bo'lib

o'tdi. Bunda O'zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni davrda

insoniyat tarixidagi eng ko'p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan

holda BMT minbarida Yoshlar huquqlari to'g'risidagi BMT konvensiyasini qabul

qilishni taklif qildi. Mamlakat prezidenti bunga asos qilib, yoshlarning soni ikki

milliarddan ortib qolgani, xalqaro terrorizm va esktremizm shiddat bilan o'sib

borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida ko'rsatdi.

Prezident dunyo yoshlari o'rtasida zo'ravonlik g'oyasi tarqalishining oldini olish

kerakligini, ularning huquq va manfaatlarini, turmushini ijtimoiy himoya qilish uchun

dunyo xalqlaridan ko'p tomonlama hamkorlik tashabbusi so'ralishini aytib o'tdi.

Yoshlar huquqlarini bir me`yorda belgilash va uni himoya qilish globallashuv va




axborot texnologiya rivojlanish davrining muhim sharti ekani ta`kidlandi.

«Shuningdek, ushbu konvensiyani imzolagan a`zo davlatlar mamlakat ijtimoiy

siyosatida yoshlar masalasini muhim yo'nalish sifatida ko'rib, zimmasidagi katta

mas`uliyatni ado etishi kerak», deb fikr bildiradilar Prezidentimiz. Ta’kidlash joizki,

Yurtboshimiz O'zbekistonda yoshlar siyosatini yangi bosqichga olib chiqish

maqsadida «O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi» tashkilotini tuzish taklifini ma`qulladi va

ularga katta imtiyoz berilishi uchun tashabbus bildirdi, bir guruh yosh iqtidorlarni

davlat mukofotlari bilan taqdirladi, bir nechta serg'ayrat yoshlarni yuqori davlat

organlarida ish faoliyatini boshlash uchun sharoit yaratib berdilar.

Birinchi prezidentimiz Islom Karimov 1998 yili «Tafakkur» jurnali bosh

muharriri bergan savollariga javobda, tarixchi olimlar bilan bo’lgan uchrashuvda bu

masalaga diqqat bilan e'tibor berib, «g’oyaga qarshi g’oya, fikrga qarshi faqat fikr,

jaholatga qarshi faqat ma'rifat bilan bahsga kirishish, olishish mumkin» degan shior

o’rtaga tashlandi.




Yüklə 109,31 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin