Xulosa. Oqsil biosintezida DNК molekulasi yetakchi vazifani bajaradi va
bu jarayonni boshqaradi. DNК molekulasida joylashgan triplet kodlari joylanish
tartibiga muvofiq unda axborot RNК molekulasi sintezlanadi. Кeyin shu A-RNК-
da yozilgan axborotga muvofiq bo‘lajak oqsil aminokislotalari yig‘iladi.
Shunday qilib DNК molekulasi organizm belgi va xususiyatlari haqidagi
irsiy axborotni o‘zida saqlaydi va irsiyatni oqsil biosintezi orqali boshqaradi.
4) G.Mendelning irsiyat qonunlari yaratilgan 1865 yilda, irsiyatning
moddiy negizi haqida ma’lumot yetarli emas edi. 1909 yil Daniyalik olim,
genetik V.Iogannsen «irsiy modda»ga «gen» deb nom berishni taklif qildi.
Hozirgi vaqtda ma’lumki genlar DNК molekulasida bo‘ladi. Bajaradigan
vazifasiga qarab, ular har xil bo‘ladi. Ayrim genlar sintezlanayotgan oqsil
molekulasidagi aminokislotalarning joylanishi haqida axborot yetkazib bersa,
ba’zilari shu genlarning aktivligini nazorat qiladi.
Organizmda ikki xil gen - quruvchi genlar va regulyator genlar bo‘lib,
quruvchi genlar bloki - Operon deyiladi. Operon oqsil sintezini amalga oshiradi
va u ba’zan aktiv holatda, ba’zan passiv holda bo‘ladi, ya’ni harakatsiz, sintezni
to‘xtatishi ham mumkin. Operonning ishlashi yoki to’xtashi gen operatorga
bog‘liq. U DNК-ning bir qismi alohida gen bo‘lib, operonning bosh qismida
joylashgan. Agar gen operatoriga repressor molekulasi ta’sir qilsa, operon genlar
bloki, tezda o‘z ishini to‘xtatib passiv holatga o‘tadi. Repressor tarkibi oqsil
bo‘lib uni gen-regulyator sintezlaydi. Oxirgi mahsulot - D yetarli ishlab
chiqilganda, repressor ishga tushadi, operatorga ta’sir qiladi va gen operon ishini
to‘xtatadi.
Operonning qayta ishga tushishi yoki to‘xtashi haqida ikki tomonlama
xabar (signal) sintezlangan ferment ta’sirida hosil bo‘ladi. Hujayrada yana
bioximik reaksiya zarur bo‘lsa, ya’ni D maxsulot - oqsil sintezi kerak bo‘lsa,
repressor operondan uziladi. Repressorni operondan o‘zishni - induksiyalar
bajaradi. Induktor oshiqcha ferment - substrat bo‘lib, u repressorga ta’sir qilib,
operon ishini qayta boshlaydi. Fermentlar (oqsil) sintezini genlar ta’sirida
boshqarilishi mexanizmi sutdagi qandni (laktoza) parchalanishi bakteriyalarda
ishlab chiqilgan galaktozidoza fermenti ta’sirida yuz berishi misolida yaxshi
o‘rganilgan.
1961 yilda fransiyalik mikrobiolog-genetik olimlar F.Ja-kob va J.Mono
bakteriyalarda olib borgan tajribalarida oqsil sintezining umumiy nazariyasini
birinchi marta ishlab chiqdilar
Tajribalarda olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, hujayrada mavjud
23
genetik sistema - induksiya va repressiya mexanizmi yordamida zarur
fermentlarni sintezlanishi yoki to‘xtatish haqida axborot oladi va bu jarayonni
ma’lum tezlikda borishini ta’minlaydi. Shunday qilib, hujayrada oqsil sintezini
boshqarilishi tirik organizmda bo‘ladigan murakkab o‘z-o‘zidan boshqara
oluvchi biokibernetik sistema deyish mumkin. Ma’lum fermentni sintez qilish
haqida DNК-dan olingan axborotni boshqarish, shu fermentni kerakli miqdorda
ishlab chiqilganligi va hujayrada unga bo‘lgan ehtiyoj haqidagi ma’lumotlarga
asoslanib yuz beradi.
Dostları ilə paylaş: |