°збекистон республикаси ·ишло·



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/42
tarix28.04.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#115572
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42
53858bb5a2aa2

1. Genlarni ajratib olish.Organizmga yangi genni yoki bir gruppa genlarni 

kiritish  (transgenoz),  ular  shu  organizmda  ishlashi,  ya’ni  oqsilni  sintez  qilishi 

uchun "toza gen"larni alohida ajratib olish zarur. Toza genlarni ajratib olishni bir 

necha usullari ma’lum: 



a) Ximiyaviy sintez usuli. 

b) M-RNК asosida DNК ni sintezlash. 

v) DNК moddasini fermentlar yordamida kesish (restriktaza) va tikish (ligaza). 

2)  Duragay  DNК  olish  uchun  plazmida  va  begona  -  ikkinchi  yana  bir 

organizm  DNК  moddasi  olinadi.  Ular  avval  "Restriktaza"  fermenti  yordamida 

kesib  bir  necha  bo‘laklarga  bo‘linadi.  Кeyin  ular  aralashtirilib  ligaza  fermenti 

ta’sir  qilinadi.  Ligaza  ta’sirida  bu  ikkita  DNК  aralashmasi  qayta  birlashadi  va 

yangi rekombinat DNК hosil bo‘ladi. Yangi rekombinat DNК ni ishga tushirish 

uchun uni yana boshqa bakteriya tarkibiga kiritiladi. 

Plazmida  tarkibidagi  yangi  DNК  ni  bakteriyaga  oson  o‘tkazish  mumkin. 

Yangi  genlarni  ishga  tushirishni  bakteriyalarda  oson  amalga  oshirish  mumkin. 

Chunki  bakteriya  tez  ko‘payadi.  Masalan:  ichak  tayokchasi  bakteriyasi  (E.Кoli) 

20 minutda 2 hujayraga ajralib, 2 sutkada 129 generasiya beradi. 

3)  Кaliforniya  medisina  maktabi  laboratoriyasida  1977  yil  Boyer  odam 

organizmida  ishlab  chiqiladigan  gormon-somatotropin  va  insulin  genni 

bakteriyalar yordamida sintezlashga erishdi. Avval bunday gen ximiyaviy usulda 

sintezlandi. Кeyin bu gen ichak tayoqchasi bakteriyalaridan olingan - plazmidaga 

o‘tkazildi  va  yana  bakteriyaga  qaytarildi.  Sintezlangan  gen  mikrob  hujayrasida 

ishlay boshladi va odam oqsili gormonlarni sintezlay boshladi

Olingan  "samototropin"  o‘sishi  sekinlashgan  yosh  bolalarni  davolashda 



insulin esa qand kasalligini davolashda ishlatilaboshlandi. 

4)  Hozirgi  vaqtda  gen  injeneriyasi  usullari  yordamida  insoniyat  tirik 

organizmlar  irsiyatning  o‘zgartirish  imkoniyatiga  ega  bo‘lmoqda.  Genlarni  bir 

organizmdan  ikkinchiga  o‘tkazish,  shu  yo‘l  bilan  esa  yangi  shakllar  yaratish, 

inson  salomatligi  uchun  zarur  dori-darmonlarni  sanoat  asosida  ko‘plab  ishlab 

chiqarish  usullariga  ega  bo‘ldik.  Gen  injeneriyasi  erishgan  yutuqlar  yordamida 

genlarni  bakteriya  hujayrasiga  o

‘tkazib,  fermentlar,  gormonlar,  dori-darmonlar  va 

boshqa maxsulotlarni ishlab chiqarish yo‘lga qo

‘yildi. 


 


 

26 


 

Savollar: 

1. Hujayra injeneriyasining maqsadi nimada? 

2. Gen injeneriyasida qanday uslublardan foydalaniladi? 

3. Plazmida nima va ulardan amalda qanday foydalanish mumkin? 

4. Somatotropin va insulinni sun’iy sintezlash sxemasini tushuntirib bering. 

 


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin